MAROKASH CHIGIRTKASI

MAROKASH CHIGIRTKASI (Docios-taurus maroccanus Thumb.) — to’g’riqanotlilar turkumiga mansub hasharot. Tanasining uz. 2,5—4,2 sm, qizg’ishsariq. Och-qo’ng’ir tusli old ko’kragidagi «x» harfiga o’xshash oq naqshi b-n boshqa chigirtkalardan farq qiladi. Ko’zachasida 18-42 ta tuxum bo’ladi. Lichinkalari 5 yosh davomida rivojlanadi. Tuxumdan lichinkala- ri, odatda, apr.ning 1-yarmida yoki bir- muncha kechroq chiqadi. May oyida qanot chiqaradi. Bir to’dadagi lichinkalar- ning qanot chiqarishi uchun 7-10 kun kerak. Shundan 8-10 kun o’tgach, ular urug’lanadi va tuxum qo’ya boshlaydi. M. ch. galagala bo’lib hayot kechiradi. Lichinka to’dalari dasht tomondan keng ko’lamda harakatlanib, ekinlarga yopiriladi (shu- ning uchun ko’pincha uni dasht chigirt- kasi deb ham atashadi). Dehqonchilik mintaqalarida keng tarqalgan. Q.x. ekin- larining xavfli zararkunandasi. M.ch.ning tabiiy kushandalaridan biri shaqshaqlar oilasiga mansub qush — sochdir. Bu qushlar ba’zan chigirtka- larning ayrim tuda va galalarini eb, bu- tunlay yo’q qiladi. Kurash ch oral ar i : qo’riq va tashlandiq erlarni o’zlashtirish; Su- misidinning 20%li emulgirlanuvchi kon-tsentrasiyasi (0,2—0,3 kg/ga) yoki de- tsisning 25% li emulgirlanuvchi kon- tsentrasiyasini (0,2—0,5 kg/ga) purkash.