Marv

Marv (Avestoda — Mouru) — O’rta Osiyoning eng qad. shaharlaridan biri. Bayramali sh. (Turkmaniston) yaqinida joylashgan. M.ning qoldiqlari 5 qal’a (Erk qal’a, Gabr qal’a, Sulton qal’a, Abdullaxon qal’a, Bayramalixon qal’a) xarobalaridan iborat. M. xarobasida 19-a.ning 80-y.laridan V. A. Jukovskiy, 1946 y.dan M. E. Masson rahbarligidagi Jan. Turkmaniston arxeologik kom- pleks ekspedisiyasi, keyingi yillarda Ashxobod, Toshkent, Moskva va Sankt- Peterburgdan kelgan arxeologlar guruhi qazishma ishlarini olib borgan. M.ning eng qad. qismi — Erk qal’a (mayd. 12.ga) mil. AV. 1ming yillikning 1-choragidan mavjud bo’lgan. M.ning ravnaqtopgan (Parfiya va ilk sosoniylar) davri mil. AV 2— mil. 3-a.ga to’g’ri keladi. Bu davrda M. Gabr qal’a va Erk qal’a hududlaridan iborat bo’lib, Erk qal’a M.ning arkiga aylangan. Shahar va uning atrofi (60 km2) mudofaa devori b-n o’rab olingan. Mil. 3-a.dan M. Sosoniylar davlati tarkibiga kirgan, 7-a.da esa arablar to- monidan bosib olingan. 8-a. o’rtasida M. — Abu Muslim harakati markazi. 9-a. da M.da ilm-fan ravnaq topdi, u Arab xalifaligining Xuroson va Movaro- unnaxr noibligining poytaxti rolini o’ynadi. Ma’mun ibn Horun arRashid davrida M.da Bag’dod akademiyasining asosini tashkil etgan Marvaziylar MAK- tabi tarkib topdi. O’rta asrdagi M.ning ravnaq topgan davri 11-12-a.ning 1-yarmiga to’gri keldi; bu davrda u buyuk Saljuqiylar davlatining poytaxti bo’lgan (Sulton qal’a xarobasida Sul- ton Sanjar makbarasi joylashgan). 12-a. oxiri — 13-a. boshida M. Xorazmshohlar davlatining yirik markazi bo’lgan. 1222 y. shahar mo’g’ullar tomonidan vayron qilingan. 13-a. o’rtasi — 14-a.da shahar qisman tiklangan (ayniqsa, uning rabod kismi). 15-a. boshida Shohrux davrida qisqa muddat ravnaq topgan. M.dan o’rta asrlarda ko’plab olimu fuzalolar eti- shib chiqqan. 1510-24 va 1601 — 1747 y.larda M. forslar qo’lida bo’lgan. Mare urushlari tufayli inqirozga yuz tut- gan (1790) va markaz M.dan 30 km g’arbga Mari sh.ga ko’chgan.