MASHINA VA MEXANIZMLAR DINAMIKASI
MASHINA VA MEXANIZMLAR DINAMIKASI — mashina va mexa- nizmlarning harakatini ularga ta’sir etuvchi kuchlarni hisobga olgan holda o’rga-nuvchi bilim tarmog’i; mashina va mexanizmlar nazariyasi bo’limi. Asosiy vazifalari: mashina va mexanizmlar zvenolariga tashqi kuchlar, tortishish kuchlari, ishqalanish kuchlari va inersiya kuchlarining ta’sirini o’rganish hamda ular harakatlanganda sodir bo’ladigan dinamik nagruzkalarni kamaytirish usullarini belgilash; mashina va mexa- nizmlar harakat rejimlarini ularning zvenolariga qo’yilgan kuchlar ta’sirida o’rganish va kerakli harakat rejimla- rini ta’minlovchi usullarni belgilash. Birinchi masalani echishda tashqi kuchlar va zvenolarning harakat qonunlari ma’- lum deb hisoblanadi. Hisoblashlarda mexanizmlar kineto-statikasi usuliga tayanadi; bunda ketma-ket yaqinlashish usuli b-n kinematik juftlarda haqiqiy reaktsiyalarga yaqini aniqlanadi. Rea- kiiyalarning qiymatidan zvenolarni mustahkamlikka hisoblashlarda foy- dalaniladi. Zvenolarning kinematic juftlardagi notekis harakatida zveno- larni, poydevor va b.ni titrashga olib keluvchi qo’shimcha dinamik nagruzkalar hosil bo’ladi. Zvenolar massalarini rasional tanlab, ya’ni mexanizm mas- salarini muvozanatlab bular bartaraf qilinadi. Ikkinchi masalani echishda keltirilgan kuchlar va massalar usuli- dan foydalaniladi: bunda barcha kuchlar va massalar bitta zvenoga — keltiril- gan zvenoga qo’yiladi. Harakat tenglama- larini echib va keltirilgan zvenoning harakat qonunini aniqlab, mashinaning kerakli harakat rejimini ta’minlovchi kuch, massa va tezliklarning oggtimal munosabatlari tanlanadi. Agar, mas, keltirilgan zveno tezli- gining davriy o’zgarishi tashqi kuchlar- ning davriy o’zgarishi b-n bog’liq bo’lib, u ruxsat etilgandan oshea, mashinaga qo’shimcha detal — tebranishlar ampli- tudasini kamaytiruvchi maxovik kiriti- ladi. Tashki kuchlar tasodifiy o’zgarishi b-n vujudga keladigan davriy bo’lmagan tebranishlar bo’lganda rostlagichlardan foydalaniladi. M. va m. D. materiallar karshiligi, elastiklik nazariyasi, tebra- nishlar nazariyasi, analitik mexanika va b. b-n bog’liq (yana q. Inshootlar dinami- kasi).