Mashuq tog’i
Mashuq tog’i — shimoliy Kavkazdagi lakkolit tog’i. Kavkaz Mineral Suvlari hududi (Rossiya Federatsiyasi Stavropol o’lkasi)da. Balandligi 993 metr. Mashuq tog’ida mineral suvli buloq ko’p. Magmatik jinslarning yer po’stiga kirishi natijasida hosil bo’lgan. Mashuq tog’ining yon bag’irlari keng bargli o’rmonlar bilan qoplangan. M. Yu. Lermontov duelda halok bo’lgan joyda yodgorlik (Obelisk) o’rnatilgan. Tog’ etagi va yon bag’irlarida balneologik kurort va Pyatigorsk shahri joylashgan.