Mass-spektroskopiya

Mass-spektroskopiya, mass spektrometriya — modda tarkibidagi atom va molekulalar spektri bo’yicha ularning massasini tekshirish usulla- ri. Atom va molekulalari ionlashgan har bir modda t/e nisbat b-n bir-biridan farq qiladi, bu nisbat (bunda t — mas- sa, e — ion zaryadi) mass-spektrometrlar b-n o’lchanadi. Olingan spektrga ko’ra, modda massasi va jism tarkibidagi boshqa moddalar mikdori topiladi. M.- s. tatbikiy fizika, kimyo, biol. tibbiyot, geol. va texnikada asosiy analitik usul- lardan biri hisoblanadi. Jism (yoki suyuk,lik) tarkibidagi modda massasini aniqlashning har xil usullari bor. Mas, dublet usuli b-n dispersion chiziqlar orasidagi masofa anikdanadi va shu ma- Sofa bo’yicha massalar farki topiladi. Ionlar tokini o’lchash usuli b-n modda- lar massasi aniqlanadi. Gaz tarkibini aniqlash uchun ham M.-s.dan foydalaniladi. Gazlar to’liq bug’latish, izotopga ajratish, vakuum- da uchqunlatish va ionlar b-n bombar- Dimon qilish usullari orqali tekshi- riladi. Ma’lum mikdordagi moddani M.-s. b-n tekshirib, undagi elementlar mikdori — gaz aralashmalaridagi kom- ponentlari mikdori nazorat kilina- Di va aniqlanadi, izotoplar olinadi. Kimyo sanoatida M.-s. b-n texnologik jarayonlar boshqariladi, atom yuqori qatlamining tarkibi o’rganiladi, za- ryadli zarralarning to’qnashishidagi jarayonlar kuzatiladi, kimyoviy reak-TSI- yalar kinetikasi tekshiriladi. M.-s. ko’p sohalarda yagona usul hisoblanadi. M.-s. yordamida er yuqori atmosferasining neytral va ion tarkibi o’lchangan (boshqa sayyoralarning atmosfera tarkibini ham shu usulda o’lchash mumkin).