Matla

Matla (Arabcha — chiqish o’rni, asosi) — 1) aruzda yozilgan lirik she’r, asosan, g’azallarning birinchi bayti. Bundagi har ikki misra o’zaro qofiyadosh (a-a) bo’ladi. Keyingi baytlarning ikkinchi misralari Matlaga qofiyadosh bo’lib keladi (b-a, v-a, g-a, D-a va hokazolar). Bordi-yu g’azalning ikkinchi bayti ham uning Matla baytiga to’liq qofiyadosh qilib tuzilsa, u san’atkorlik hisoblanadi va bunday san’at «Zebi matla» (matlaning yarashig’i, Zebi) deb ataladi. Uning qofiyalanish tartibi quyidagicha: a-a, a-a, b-a, v-a va boshqalar. Husni matladagi bayt Matladagi fikrga har jihatdan hamohang bo’lishi talab qilinadi. O’zbek she’riyatida bu san’atni birinchi bo’lib Navoiy qo’llagan; 2) musiqada kuy va ashulalarning boshlang’ich qismlari ifodasi, musiqa terminologiyasida daromad deb ham yuritiladi.