Matlu- Bot kooperasiyasi
Matlu- Bot kooperasiyasi -a’zolarning pay to’loviga asoslangan, iste’mol mol- larni sotib olish, i.ch. va sotish uchun tu- zilgan uyushma. Dastlabki M.k.lari 18-a. ning oxiri — 19-a. boshlarida Buyuk Britaniyada vujudga keldi va keyinchalik Frantsiya, Germaniya, Italiyada va Evropa- ning b. mamlakatlarida keng tarqaldi. Hoz. vaqtda M.k.lari Osie’ning ba’zi mamlakatlarida (Yaponiya, Hindiston, Myanma, Shri Lanka, Bangladesh va b.), Amerika, Kanada, Argentina, Brazi- liya, Chili, Meksika va Avstraliyada ri- vojlangan. 20-a.ning 70-y.larida Buyuk Britaniya, Daniya, Norvegiya, Shveytsariya mamlakatlarining umumiy tovar aylan- masida M.k.lari ulushi 8-11%ni, Fin- lyandiyada 36%ni tashkil etdi. M.k. O’zbekiston hududiga chor Rossi- yasi mustamlakachilari b-n kirib kelgan. Dastlab kasbkorlik asosida shaklla- nib, ishchilar va ofitserlar M.k. paydo bo’lgan. 20-a.ning 20-y.laridan boshlab aholi ta’minotida katta o’rin egalladi. M.k. oziq-ovqat, kiy-im-kechaklar sotib olish va sotish b-n chegaralanmay q.x. mahsulotlarini tay-yorlash, iste’mol mahsulotlari i.ch. asosida ham matlubot- chilarni birlashtirdi. M.k.ning respublika tashkiloti — «O’zbekiston matlubot jamiyatlari Ittifoqi» («O’zbekbirlashuv») 1925 y. yanv. da ishchi, qishloq, shahar kooperativ- lari va harbiy kooperativlarni birlash- tirgan 26 matlubot jamiyatlari negizida tashkil etilgan. Respublikada M.k. ti- zimi — «O’zbekbirlashuv» aktsiyadorlik kompaniyasi tarkibida Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlar «matlubot- savdo» aktsiyadorlik kompaniyalari FA- oliyat ko’rsatadi. Jami 592 aktsiyador- lik jamiyatlarini birlashtiradi, 80 mingdan ortiq ishchi-xizmatchilar sav- do, umumiy ovqatlanish, i.ch., qurilish, bo’rdoqichilik va parrandachilik, q.x. mahsulotlarini tayyorlash, tashqi iqtisodiy aloqalar va b. sohalarda FA- oliyat ko’rsatadi (2003). Muxtor Rasulov.