MAVJUD DAROMAD
MAVJUD DAROMAD — takror taqsimlanuvchi daromad hisobi (schyoti) dagi balanslantiruvchi modda. Bu modda institutsion birlik yoki birlamchi daromadi qoldig’iga barcha joriy transfertlar (mazkur birlik yoki sektorlarning natura shaklidagi ijtimoiy transferti bunda mustasno)ni qo’shish hamda bu birliklar va sektorlar tomonidan natura shaklida to’lanadigan ijtimoiy transfertlami chegirib tashlash natijasida hosil bo’ladi.