Mavloniy Mashhura Egamovna
Mavloniy Mashhura Egamovna (1934.4.12, Toshkent) — mikrobiolog olim, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1989), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1994), biologiya fanlari Doktori (1971). Toshkent politexnika institutining kimyo-texnologiya fakultetini tugatgan (1957). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Botanika instituti ilmiy xodimi (1960-61), katta ilmiy xodimi (1962-65), 1965 yildan O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Mikrobiologiya bo’limi (1977 yildan instituti)da sanoat mikrobiologiyasi laboratoriya mudiri. O’zbekistonda sanoat mikrobiologiyasi asoschisi. Mavloniy O’rta Osiyoda ilk bor sanoat mikroorganizmlari kollektsiyasini yaratdi. Zararkunanda mikroorganizmlarga qarshi kurash usullarini ishlab chiqdi. Sporasiz zamburug’lar tasnifining yangi sxemasini tuzdi. Gamma va lazer nurlari ta’sirida sanoat uchun muhim bo’lgan faol mutantlar topdi va amaliyotga tatbiq etdi. As: proizvodstvo kormovogo Belka v Uzbekistane, T., 1988; Mikrobialnaya porcha konservirovannix produktov i puti eyo predotvratsheniya, T., 1990; umumiy mikrobiologiya, T., 2003.