Me’da osti bezi

Me’da osti bezi — odam va hayvonlardagi yirik bez. Anatomikfi- ziologik xususiyatlariga ko’ra, tashqi (ekzokrin) va ichki (endokrin) sekresiya bezi; pankreatik shira hamda insulin va glyukagon gormonlarini ajratadi; ular bevosita qonga o’tib, uglevod hamda yog’lar almashinishini boshqaradi; ovqat hazm qilishda ishtirok etadi. M. o. b. murakkab tuzilgan aralash bezlar tur- kumiga kiradi. U kattaligi jihatdan jigardan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Qorin bo’shlig’ida, me’da orqasida, o’n ikki barmoq ichakka yaqin (q. Ichak), bel umurtqalarining qarshisida ko’ndalang joylashgan. Uz. 12-18 sm, vazni 70— 80 g atrofida, bezning biriktiruvchi to’qimadan iborat kapsulasi juda nozik. Bez hujayralari me’da shirasiyai ajra- tadi. M. o. b.ning chiqaruv yo’llari Yi- riklashib va bir-biriga qo’shilib borib, bosh chiqaruv yo’liga quyiladi, bu yo’l bez bo’ylab borib, umumiy o’t yo’li b-n birga o’n ikki barmoq ichakka ochiladi. M. o. b. kasalliklaridan pankreatit, o’sma hosil bo’lishi, insulin ishlab chiqarilishi bu- zilganda qandli diabet kuzatiladi.