Megasporangiy

Megasporangiy (Mega… va sporangiy) — har xil sporali qirqquloqsimonlar va urug’li o’simliklarning bir yoki bir nechta Megaspora rivojlanadigan organi. Megasporangiy sporofillar qo’ltiqlarida (selaginelalarda) yoki sporofilldagi maxsus bo’shliqda (izoeteslarda) yoki sporokarplar ichida (suv qirqquloqlarida) bittadan hosil bo’ladi. Urug’li o’simliklarda Megasporangiy nusellus — urug’kurtakning Markaziy qismiga o’xshash.