Mehnat
Mehnat — insonning maqsadga muvofiq ijtimoiy foydali faoliya- ti; eng avvalo tabiat predmetlarini o’zgartirib, ehtiyojga moslashtirish — ni bildiradi. M. kishilik jamiyati hayotining asosiy sharti, chunki u tu- fayli insoniyatning yashashi uchun zarur bo’lgan moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratiladi. Insonning faoliyati tufayli mehnat predmetlari mahsulotga aylanadi. M. odamni hayvondan farklantiradigan eng muhim belgidir. M. tufayli inson tabiatdagi narsalarni o’zgartiribgina qolmaydi, balki o’zi ham kamol topadi, uning akliy va jismoniy qobiliyatlari o’sadi. M. jarayonida inson tabiat kuchla- rini o’z maqsadiga bo’ysundiradi. Jamiyat taraqqiy etishi b-n M. taqsimoti yuzaga keladi va borgan sari chuqurlashib boradi, M.ning yangi turlari yuzaga keladi, ular mustaqil vazifaga ega bo’ladi. M.dagi ixtisosla-shuv tufayli tabiat sirlari chuqur o’rganiladi, tabi- iy narsalar to’laroq ishlatiladi, hatto, ularniig xossalari o’zgartiriladi. M. taqsimotining darajasi jamiyatdagi ishlab chiqaruvchi kuchlarning qay daraj- Gia ekanligini ifodalaydi. M. turlari yuzaga kelishi b-n M. faoliyati natija- larini ayirboshlash, har xil mehnashi bir-biriga moslashtirish ehtisji tug’iladi. Bu esa mehnatga ijtimoiy tus beradi, chunki mahsulotlar va chizmatlar ko’pchilik mehnatining shpijasiga ayla- nadi. Shunday sharoitla mni boshqarish tizimi yuzaga kelali na u maxsus vazifa- ga ega bo’ladi. M. natijasi (mahsulot) tovarta aylapgapda, ya’ni pul vositasi b-n ayir-boshlanganda M.ning kiymat yaratishdagi roli jihatidan konkret va abstrakt M.ga bo’linishi yuz beradi. M. o’zining mazmuni va xarakteri jihatidan aqliy, jismoniy, malakali (murakkab) va malakasiz (oddiy) M.ga bo’linadi. Aqliy M. — insonning tafakkur faoliyati. Bunga muhandis, vrach, Agro- nom, o’qituvchi, olim va b. mehnati misol bo’ladi. Jismoniy M. — insonning jis- Moniy faoliyati. Bunga ishchi, dehqon, kosib M.i misol bo’ladi. Malakali M. maxsus tayyorgarlikni talab etadi. Ma- lakasiz M. maxsus tayyorgarlikni va qobiliyatni talab etmaydi, mas, yuk ta- shuvchi, farrosh, qorovul M.i. Fantexnika taraqqiyoti ta’sirida M. vositalari mukammallashadi, xodim- larning mahorati, malakasi usadi, i. ch.ni kompleks mexanizasiyalash, avtomat- lashtirish, axborotlar texnologiyasini keng joriy etish va uni tashkil etishni tubdan takomillashtirish natijasida M. mazmunining muntazam o’zgarishi yuz beradi. I. ch.da har bir xodimning uz- luksiz ta’lim va madaniytexnikaviy sa- viyasi hamda malakasi ortib borib, ham ijtimoiy, ham yakka tartibdagi mexmat samaradorligining uzluksiz o’sib bori- shi asosida aholining turmush darajasi oshadi. Ahmadjon O’lmasov, Qalandar Abdurahmonov.