Mehnat intizomi
Mehnat intizomi — davlat to- monidan o’rnatilgan mehnat jarayonida barchaning amal qilishi lozim bo’lgan umumiy tartib. Amaldagi qonunchilikka binoan, xodim o’z mehnat vazifalarini halol va vijdonan bajarishi, M.i.ga rioya qilishi, ish beruvchining qonuniy farmoyishlarini o’z vaqtida va aniq bajarishi, texnologiya in-tizomiga, mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnika- si va i.ch. sanitariyasi talablariga rioya qilishi, ish beruvchining mol-mulkini avaylab asrashi lozim. Xodimning mehnat vazi-falari ichki mehnat tar- tibi qoidalarida, in-tizom haqidagi ustavlar va nizomlaraa, korxonada qabul qilinadigan boshqa hujjatlar (jamoa shartnomalari, yo’riqnomalari va h.k.) da, mehnat shartnomasila aniq belgilab qo’yiladi. Har bir xodim o’ziga yuklatila- digan mehnat vazifalari doirasi b-n ol- dindan tanishtiriladi. Ish beruvchi xo- dimlar mehnatini to’g’ri tashkil qilishi, qonunlar va b. normativ hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan mehnat sharoitlarini yaratib berishi, mehnat va i.ch. in-tizomini ta’minlashi, mehnat mu-hofazasi qoidalariga rioya etishi, xodimlarning ehtiyoj va tala- blariga e’tibor b-n qarashi, ularning mehnat va turmush sharoitlarini yaxshi-lab borishi, jamoa shartnomalarini tu- zishi lozim. Ish beruvchi xodimdan uning mehnat vazifalari doirasiga kirmaydi- gan ishlarni bajarishni, qonunga xilof yoki xodim va b. shaxslarning hayoti va sog’ligi uchun xavf tug’diruvchi, ularning sha’ni va qadrqimmatini kamsituvchi harakatlar qilishni talab etishga hakli emas (O’zR mehnat kodeksining 177mod- dasi). Mehnat kodeksining 175moddasida ko’rsatilganidek, korxonalarda M.i. nor- mal tarzda ishlash uchun zarur tashkiliy va iqtisodiy sharoitlarni yaratib be- rish, halol mehnat uchun rag’batlantirish va mukofotlash usullari b-n, noinsof xodimlarga nisbatan jazo choralarini qo’llanish orqali ta’minlanadi. Ayni vaktda mehnat jamo-alarida M.i.ning buzilishiga nisbatan murosasizlik va- ziyati vujudga keltiriladi. Korxona, muassasa va tashkilotlarda ichki mehnat tartibi qoidalaridan tashqari texni- ka qoidalari va instruktsiyalari hamda mansablar to’g’risidagi nizomlar, in- struktsiyalar b-n ham tartibga solinadi. M.i.ni ta’minlashda rag’batlantirish muhim huquqiy vosi- tadir. Rag’batlantirish turlari, ular- ni qo’llanish tartibi, afzallik va im- tiyozlar berish jamoa shartnomalari, ichki mehnat tartibi qoidalari va b. ichki hujjatlarda, jamoa kelishuvla- rida, in-tizom to’g’risidagi ustav va nizomlarda belgilab qo’yiladi (mehnat kodeksining 180moddasi). Mehnat qonunchiligida o’zining mehnat burchla- rini muvaffaqiyatli va vijdonan ba- jarayotgan ishchi va xizmatchilarga ijti- moiymadaniy va uy-joy maishiy xizmat sohasida (sanatoriy va dam olish uyla- riga yo’llanmalar berish, uy-joy sharoi- tini yaxshilash va shu singari sohalarda) birinchi navbatda imtiyoz va afzalli- klar beriladi. Bunday xodimlarga ishda yuqori pog’onaga ko’tarilishda ham afzal- liklar bo’ladi. O’zR mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan 1999 y. 4 mayda tasdiqlanib, Adliya va- zirligida 1999 y. 14 iyunda 746raqam b-n ro’yxatdan o’tkazilgan namunaviy ichki mehnat tartibi qoidalarida ishdagi yutuklar uchun quyidagi rag’batlantirish choralari belgilangan: tashakkur e’- lon qilish; pul mukofoti berish; qimmatli sovg’a b-n taqdirlash. Bunday rag’batlantirish choralari mehnat bur- chlarini namunali bajarganlik, mehnat unumdorligini oshirganlik, mahsulot sifatini yaxshilaganlik, davomli va nuqsonsiz ishlaganlik va ishdagi boshqa muvaffaqiyatlar uchun qo’llanadi. Rag’batlantirishlar korxona tarkibiy bo’linmasi rahbari yoki xodim ishlayotgan mehnat chjamoasining tavsiyasiga bino- an ish beruvchining buyrug’i b-n e’lon qilinadi. Xodimlar mehnat sohasida davlat va jamiyat oldidagi alohida xizmatlari uchun davlat mukofotlariga taqtsim etilishi mumkin. Ish haqi, muko- fotlar, qo’shimcha to’lovlar, ustamalar va mehnat haqi tizimida nazarda tutilgan boshqa to’lovlar rag’batlantirish turla- riga kirmaydi. Intizomiy jazo amal qilib turgan muddat mobaynida xodim- ga nisbatan rag’batlantirish choralari qo’llanilmaydi. Anvar Inoyatov.