Mehnat iqtisodiyoti

Mehnat iqtisodiyoti — ja- miyatda mehnatni tashkil etish hamda ish kuchidan foydalanishning samarador- ligini ifodalovchi i.ch. munosabatlari- ning o’ziga xos xususiyatlari maj-mui; mehnatning ijtimoiy tashkil etilishi- ni hamda mehnatga haq to’lash tizimini o’rganuvchi fan. M.i.ning predmeti — texnikaviy, tashkiliy, kadrlar yoki boshqa xarakter- dagi omillar ta’sirida qaror to-padigan ijtimoiy-iktisodiy munosabatlardir. M.i. — fan sifatida mehnat munosa- batlari sohasidagi qonuni-yatlarni, ish b-n bandlik, mehnat unumdorligi, mehnatga haq to’lash, uning samaradorli- gi, mehnatni tashkil etish va normalash- tirish kabi masalalarni o’rganadi. Mehnat faoliyatini tashkil etish, mehnat resurslarining shakllanishi va ulardan foydalanish, mehnat bozo- rining shakllanishi va rivojlanishi, aholining ish b-n bandligi va ishsizlik, aholining turmush darajasi va daromad- lari, xodimlarning ish haqini tashkil etish, bozor iqtisodiyoti sharoitida aholini ijtimoiy himoya qilish, mehnat unumdorligi, mehnat ko’rsatkichlarini tahlil etish M.i.ning mazmunini tash- kil qiladi. M.i. o’z tadqiqotlarida statistik va matematik usullardan foydalanadi. M.i. fani nisbatan yangi fanlar guruhiga kiradi. Bu fan iqtisodiyot na- zariyasittg bir bo’limini tashkil etgan bo’lib, u o’tgan asrning 70-y.larida alo- hida fan sifatida shakllandi. O’zbekistonda ham M.i. muammolari- ni o’rganish o’z tarixiga ega. 1962 y.da Toshkent xalq xo’jaligi in-ti (hoz. Tosh- kent iqtisodiyot unti)da M.i. bo’yicha mutaxassislar tayyorlovchi ixtisoslik ochildi. O’zbekistonda M.i. fanining ri- vojlanishida O’zbekiston FA akad. R.A. Ubaydulyaaeva, prof.lar q. X. Abdurahmonov, D. Rahimova, A. Sotvol- diev, Sh.R. Xolmo’minov, A. Sh. Nazarov, X. M. Hakimov, 3. Xudoyberdiev, L. Al- laxverdieva, L. Maksakovalarning i. t.lari muhim ahamiyatga ega. Ad.: Erenberg R.X., Smit R.S., So- vremennaya ekonomika truda, M., 1996; Abdurahmonov Q.H. va b., Mehnat iqtisodiyoti va sosiologiyasi, T., 2001. Qalandar Abdurahmonov.