Mehnat jamoasi

Mehnat jamoasi — o’z mehnati b-n korxona faoliyatida mehnat shartno- masi asosida ishtirok etayotgan xodim- larning barchasi. Odatda, ma’muri-yat- ning mansabdor shaxslarm, shuningdek, M.j. tashkil etgan ayrim jamoat tash- kilotlari, mas, mehnat nizolari komis- siyasi ham M.j. tarkibiga kiradi. M.j. mehnat huquqining sub’ekti sifatida butun korxona hamda uning tarkibiy bo’linmalarida faoliyat ko’rsatadi. M.j. turli tashkiliyhuquqiy shakldagi kor- xonalar va mul-kchilikning turli shak- llariga qarab farqlanadi. M.j. b-n ish beruvchi o’rtasidagi munosabatlar, ij- timoiy taraqqiyot,mehnat muhofazasi, mehnatga haq to’lash, korxona foydasini taqsimlashda xodimlarning ishtirok etishi amaldagi Qonunchilik, shuning- dek, korxona ustavi va ekamoa shartno- masi b-n tartibga solinadi. M.j.ning asosiy vakolatlari: ish beruvchi b-n jamoa shartnomasi tuzish haqida qaror qabul qilish; jamoa shartnomasini tu- zish yuzasidan muzokaralar olib borib, uni tayyorlash va muhokama qilishda ishtirok etish, jamoa shartnomasi- ning bajarilishini nazorat qilish; mehnatga oid munosabatlarda xodimlar- ning manfaatlarini ifoda etuvchi hamda huquklarini himoya qiluvchi vakillik organlarini belgilash; ichki mehnat tartibi qoidalarini tasdiqlash; davlat korxonalari aktsiyadorlik jamiyatla- riga aylantirilganda aktsiyalarni so- tib olish; mehnat nizolari komissiyasi orqali nizolarni hal qilishda ishtirok etish va xodimlarning vakillik organla- ri orqali ularning huquklarini himoya qilish; korxonada ichki hujjatlar qabul qilishda ishtirok etish va h.k. M.j.ga be- riladigan vakolatlar doirasi birinchi galda jamoa shartnomasida belgilanadi. M.j.ning qonunchilikda belgilangan va- kolatlari keng demokratik asosda amalga oshiriladi. Anvar Inoyatov, Muborak Usmonova.