MEHNAT KOOPERASIYASI
MEHNAT KOOPERASIYASI — mehnatni tashkil etish shakli; moddiy boyliklarni i.ch. jarayonida ayrim xo — dimlar yoki jamoalarning yagona mehnat jarayonida hamkorliqda ishtirok eti- shiga asoslanadi. Xodimlarning asosiy qismi bu jarayonning turli operasiya- larini bajaradi. M.k.ning taraqqiyoti i.ch. kuchlarining rivojiga bog’liq. M.k. ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuch- laridan samarali foydalanish, mehnat unumdorligini oshirish, mahsulot si- fatini yuqori darajada ta’minlash maqsadida tashkil etiladi. M.k.ni 2 aso- siy xilga bo’lish mumkin: oddiy koopera- tsiya (mehnat jarayonida hamma xodimlar bir turdagi ishni bajaradilar), mu- rakkab kooperasiya (mehnat taqsimotiga asoslangan kooperasiya). Mehnat vazi-FA- larini chegaralab, ularni muayyan xodim- larga (xodimlar guruhiga) biriktirib qo’yish, ularning o’zaro mu-nosabatlari sohasini bevosita oldindan belgi- lab beradi. Shu sababli keng ma’noda mehnat taqsimoti tushunchasi undan AJ- ralmas bo’lgan kooperasiya tu-shunchasini ham tavsiflaydi. Oddiy M.k. mehnat taqsimoti rivojlanmagan davrda muhim rol o’ynadi. Ibtidoiy jamoa tuzumida jamoaning hamma a’zolari i.ch. vosita- lariga egalik qilganlar va ular oddiy M.k.da qatnashganlar. Hozirgi zamon korxonalari mehnatning har xil turdagi murakkab kooperasiyasi hisoblanadi.