MEHNAT KOOPERATSIYASI

MEHNAT KOOPERATSIYASI — korxonada biror mahsulot yaratish uchun mehnat qilayotgan ishchilar o’rtasida o’sha mahsulotni ishlab chiqarish uchun bajarilishi zarur bo’lgan ish operatsiyalarining taqsimlangan holda bir-biriga muvofiq ishlashi. Mehnatning kooperatsiyalashuvi mehnat taqsimotini chuqurlashtiradi, ishchilar bir xil ishnigina bajarishga ixtisoslashadilar va natijada mehnat unumdorlgi ortishi ta’minlanadi.