MEHNAT VOSITALARI

MEHNAT VOSITALARI — insonning yaratayotgan buyumlariga o’z ta’sirini o’tkazuvchi vositalar hisoblanadi. Mehnat vositalari tarkibida ishlab chiqarish qurollari yetakchi rol o’ynaydi. Ishlab chiqarish qurollari yordamida ishchilar mehnat buyumlarining tashqi ko’rinishini o’zgartiradilar, ularga yangi tus beradilar va mehnat mahsuliga aylantiradilar. Mehnat vositalariga, shuningdek, imoratlar, inshootlar, transport vositalari va xo’jalik jihozlari ham kiradi.