MEHNATNI NORMALASHTIRISH
MEHNATNI NORMALASHTIRISH — ma’lum tashkiliytexnik sharoit- larda muayyan ish hajmini bajarish yoki mahsulot birligini tayyorlash uchun sarflanadigan mehnat hajmini, mex,nat xarajatlarini belgilash. Tor ma’noda M.n. ishlab chiqarish topshiriqlarini yoki aniq operasiyalar — ni bajarish uchun zarur bo’lgan vaqt nor- masini aniqlashdan iborat. Bozor iktisodiyoti sharoitida kor- xona va firmalar miqyosida M.n. yana- da chuqurlashib, rivojlanib boradi. Mehnat borasidagi xizmatlarning oldi- sotdi jarayonida xodim va ishga yollovchi o’rtasida ishning vaqti, mazmuni, mavsu- miyligi va hajmini aniqlab olish im- konini beradi. M.n. eng tejamli mehnat usullarini tanlashda, mehnat taqsimoti va kooperasiyasining eng maqbul shak- llarini, ish joylarini tashkil etish va ularga xizmat ko’rsatishning oqilona tizimini belgilashda qo’llaniladi. Kor- xonada M.n. i.ch. jarayonida i.ch. vosita- laridan foydalanib alohida ish va ope- rasiyalarni bajarishda mehnat xarajat- larining optimal darajasini belgilash va shunga amal qilishdir. O’zbekistonda M.n. masalalari b-n bevosita mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi shug’ullanadi. Ad.: Abdurahmonov Q.X. va b., Mehnat iqtisodiyoti va sosiologiyasi, T., 2001; Nazarov A.Sh., Normirovanie truda, T., 1987; Qalandar Abdurahmonov.