Memfis

Memfis — AQShning Janubiy- Sharqiy qismidagi shahar, Tennesi shtatida. Aholisi 650 ming kishi (2000). Transport yo’llari tuguni. Missisipi daryosidagi port. Mamlakat janubiy qismining muhim savdo va iqtisodiy markazlaridan. Kimyo, shina, oziq-ovqat, tsellyulozaqog’oz, mebel, poligrafiya sanoatlari rivojlangan. Mashinasozlik, jumladan, qishloq xo’jaligi mashinasozligi, avtomobilsozlik korxonalari, universitet bor.