MEMORIAL-ORDER
MEMORIAL-ORDER — buxgalteriya provodkasi aks ettiriladigan hujjat. Unda orderning nomeri, oy, yil, yozuvning mazmuni, summa, debetlanuvchi va kreditlanuvchi schyotlarning nomi (schyotlar korrespondensiyasi) ko’rsatiladi. Memorial-orderlar maxsus blankalarda tuziladi va bosh (katta) buxgalter yoki uning yordamchisi tomonidan imzolanadi. Memorial-orderlar o’rniga tegishli shakldagi shtamplar qo’llanishi mumkin. Ayrim hujjatlarning blankalarida memorial-order rekvizitlari mavjud, ya’ni schyotlar korrespondensiyasi nazarda tutilgan. Hisobning jurnalorder shaklida memorial-orderlar tuzilmaydi.