MENINGOKOKK INFEKTSIYASI
MENINGOKOKK INFEKTSIYASI -meningokokklar qo’zg’atadigan o’tkir in- fektsion kasallik. M.i.ning manbai be- mor, asosan, bakteriya tashuvchilar; ular- dan mikrob atrofdagilarga havotomchi yo’li orqali tarqaladi. Qish va bahorda ko’proq uchraydi (mavsumiy ko’tarilish). M.i. burun va halqum shilliq pardasi- ning yallig’lanib zararlanishi (nazofa- ringit), bosh miya yum-shoq pardasining yiringli yallig’lanishi (yiringli me- ningit) yoki miya moddasining miya par- dasi b-n birgalikda yallig’lanishi (me- ningoentsefalit) yoki meningokokklar qonga tushganda ro’y beradigan meningo- kokktsemiya sifatida o’tishi mumkin. AK- sari ayni bir bemorda kasallikning sa — nab o’tilgan barcha shakllari avj oladi. Ko’pincha kasallik alomatlari bo’lmagani holda meningokokklarni tashuvchanlik kuzatiladi, bu, ayniqsa, xavfli. Tumov, yo’tal, aksirish b-n o’tadigan yallig’lanish belgilari bo’lgan (nazofaringit) be- mor, kasallik qo’zg’a-tuvchisining tez tarqalishiga sabab bo’ladi. Nazofaringitda tomoq og’riydi va achishadi, quruq yo’tal tutadi, burun bi- tadi, burundan shilimshiq-yiringli, ba’zan, qon aralash suyuklik keladi. Bosh aylanishi, og’rishi, harorat ko’tarilishi, burun qonashi mumkin. Meningokokktsemiya isitma b-n bosh- lanadi, badanga kattakatta toshmalar to- shadi. Ba’zan nuqtasimon yoki yaxlit qon quyilishi mumkin. Bu juda og’ir kechadi, yurak faoliyati buziladi, ichki a’zolarga qon quyiladi. Vaqtida davo qilinmasa o’lim ro’y beradi. Meningit ham, odatda, to’satdan bosh- lanadi. M.i.ga shubha qilinganda tomoq va burundan surtma hamda orqa miya suyu- kligi olib tekshiriladi. Meningokokk tashuvchilik va meningokokk nazofarin- Giti kasallikning maxalliy turiga ki- radi. Meningokokktsemiya va meningokokk meningita tarqoq turlar hisoblanadi. Bemor kasalxonada davolanadi. Davo nechogli erta boshlansa, natija shunchalik yaxshi bo’ladi. Profilaktika maqsadida meningokokk vaktsinasi qo’llanadi.