Mentol
Mentol, 3-l-mentanol, S10N20O — yalpiz hidli, taxir mazali rangsiz kristall. Molekulyar modda 156, 26. 4 ta izomeri bor. Spirt, efir, xlorofrom, benzol, skipidar, sirka kislotada yaxshi, suvda yomon eriydi. Mentol kimyoviy reaktsiyaga faol kirishadi. Sanoatda cho’l yalpizi moyidan olinadi. Sintetik yo’l bilan ham olish mumkin. Oziq-ovqat sanoatida likyor, konfet ishlab chiqarishda, atir-upa, tish yuvish vositalari tayyorlashda, farmatsevtikada validol va bormentol olishda ishlatiladi.