Merkantilizm
Merkantilizm (Frans. mercantilisme, ital. mercante — savdogar) — 1) iqtisodiy tafakkur tarixida mu-him yo’nalishlardan biri, hukmron hokimiyat va savdogarlar mafkurasini nazariy asoslashga xizmat qilgan; 2) kapitalning dastlabki jamg’arilishi davrida davlatning xo’jalik hayotiga faol aralashuvini yoqlovchi iqtisodiy siyosat. M.ning Vu- judga kelishi va rivojlanishi Buyuk geografik kashfiyotlar va mustamlaka- chilik tizimining paydo bo’lishi b-n bog’liq. M. dastlab qonuniy yo’l b-n pul- ni ko’paytirishga qaratilgan siyosatni targ’ib qilgan. Xorijdan kelgan savdo- garlarning pulni o’z mamlakatiga olib ketishini taqiqpagan, savdodan tushgan pulga mahalliy sanoat mahsulotlarini xarid qilish zarur bo’lgan. M. davlat- ning iqtisodi-yotga faol aralashishini talab etadi. M. ta’limotiga ko’ra, boy- lik i.ch.da emas, balki muomala sohasida yuzaga keladi va u aynan mamlakatdagi ol- tin, kumush va b. javohirlarda o’z aksini topadi. M. 15-a.ning 2-yarmidan rivoj- lana boshlab, 17-a.da ravnaq topdi, 18-a. ning 1-yarmiga qadar nufuzini saqgsab keldi. Uning asosiy nazariyotchilari — T. Men (Angliya), A. Serra (Italiya), A. Monkreten (Frantsiya) faol savdoni targ’ib qildi, ya’ni mamlakatdan tayyor sanoat mahsulotlarini boshqa joylarga olib borib sotish, bir mamlakatdan ar- zon bahoda tovar sotib olib, boshqa dav- latga qimmat narxda sotish tamoyilini ilgari surdi. M. mo-hiyatan o’tkinchi ta’limot bo’lishiga qaramasdan, uning g’oyalari tovar-pul, moliya-kredit, savdo rivojiga muhim hissa qo’shdi. Kapitalizmning paydo bo’lishi b-n M.ning asosiy qoidalari yangi iqtisodiy sharoitga mos kelmay qoddi. M. o’rniga erkin iqtisodiy (protektsio- nizmga qarshi) faoliyatni nazariy asos- lagan klassik sie’siy iktisod maktabla- ri vujudga keldi. Abduxalil Razzoqov.