Messa
Messa (Frans. messa, mitto— yubo- ryapman) -1) katolik xristianlarda asosiy ibodatlardan biri (liturgiya) ning nomi. Xristianlarning e’tikrdiga ko’ra, M. jarayonida ibodat qiluvchilar Iso Masihga qo’shilish orqali o’z gu- noxlaridan xalos bo’ladilar. Injil par- chalarini o’qish, diniy aytimlarni kuy- lash hamda Iso Masihni hayoti va o’limini ifodalovchi maxsus harakatlardan ibo- rat. M.ni o’tkazish tartibi va tarkibi ko’p asrlar davomida shakllanib, 16-a. da hozirgi ko’rinishga ega bo’ldi; 2) Uyg’onish davridan boshlab Evropa ma- daniyatida eng yirik diniy mustsha Jan- ri, lotin matnlariga aytiladigan vo- kal yoki vokal-cholg’u turkumi. «Oddiy» (missa ordi-narium), «tantanavor» (missa solemnis) hamda «qisqa» (missa brevis) turlari mavjud. «Oddiy» M.da asosiy qismlarning nomlari — «Kyrie eleison» («Xudo o’zing kechirgin»), «Gloria» («Shon-sharaflar bo’lsin»), «Gredo» («Ishonaman»), «Sanktus» («Muqaddas») va «Benedictus» («marhamatli»), «Agnus Dei» («Xudo arzandasi») — matnning boshlang’ich so’zlaridan olingan. Dastlab bir ovozli, Grigorian xoraln asosidagi aytimlardan iborat bo’lgan. Keyincha- lik, kompozitorlar yaratgan ko’p ovozli M.lar rivoj topgan (ilk namunalari- dan biri — g. de Mashoning to’rt ovoz- li M.si, 1364). O. Lasso, Palestrina, keyingi davrda I.S. Bax, V. Mosart, L. Betxoven, F. Shubert, A. Brukner, 20-a.da I. Stravinskiy, B. Britten, B. Martinu, F. Pulenk, K. Pendereskiylar va b.ning M. lari mashhur. Motam M.si — rekvi- emdir.