Metafizika

Metafizika (Yun. meta ta physika — fizikadan so’ng) — borliqning sez- gilardan yuqori turuvchi prisiplari va umumiy asoslari to’g’risidagi fan. Fi- zikada tadqiqotchi bevosita hissiy ob’- ektlar ustida izlanish olib borsa, M.da esa tadqiqotchi sezgilar vositasida an- glab olish mumkin bo’lmagan ob’ektlarni tadqiq etadi. M.ning tadqiqot mavzuiga kiruvchi sifat, maz-Mun, mohiyat, hodisa va b. ob’ektlar to’g’risida fikr yurit- ganda ularni bevosita ko’rib bo’lmaydi, ular boshqa narsa va hodisalarning o’zaro aloqadorliklari jarayonida na- moyon bo’ladi. Shu jihatdan tarixan M. atamasi, ko’pincha, falsafa atamasining sinonimi sifatida ishlatilgan. M. atamasining paydo bo’lishi ari- stotelttt «Metafizika» nomli asari b-n bog’liqligi haqidagi fikr fal- Safiy adabiyotlarda keng tarqalgan. Ammo M. atamasini Platon asarlarida mustaqil bilish metodi sifatida uchra- tish mumkin. Aristotelning «birinchi falsafa»ga oid tabiiy-ilmiy masala- larni qamrab olgan ma’ruza va asarla- rini Andronik Rodosskiy to’plab, uni «Metafizika» deb nomladi.U 14 kitob- dan iborat to’plamdir. Aristotel tuz- gan fanlar tasnifida o’zining ahamiyati, qadrqimmati jihatdan birinchi o’rinni borliq haqidagi fan egallaydi. Aristo- tel uni «birinchi falsafa» yoki teolo- giya (Xudo haqidagi ta’limot) deb ataydi. Bu falsafa «ikkinchi falsafa» (ya’ni fizika)dan shu b-n farq qiladiki, fizi- kada bevosita sezgilar orqali seziladi- gan aniq ob’ektlar tadqiq qilinsa, «bi- rinchi falsafa»da borliqning materiya va shaklning aniq bog’lanishiga bog’liq bo’lmagan jihati, asl ildizi tadqiq qilinadi. Aristotel fikricha, M. in- sonning sub’ektivligi b-n ham, inson faoliyati b-n ham bog’lanmagan bo’lib, u fanlarning ichida eng qimmatlisi, in- son hayotining vositasi, quvonchining manbaidir. Antik davr M.sini M.ning asl na- munasi deyish mumkin. Davrlar utishi b-n M.ga munosabat o’zgardi. O’rta asr- larda M.ga yuksak akdiy bilimni e’- tirof etgan holda borliqni akdiy bi- lishning oliy shakli deb qaralgan. Sxo- lastika namoyandalari esa M.ga Xudoni bilishga imkon beruvchi bilim sifatida qarashgan. O’rta asrlarda haqiqatan ham M. falsafiy tushunchalarning rivoj- lanishiga, falsafa fanining takomil- lashuviga sababchi bo’ldi. Shu davrlarda olimlar erkinlik va zaruriyat, tasodif va qonuniyat tushunchalarining mazmu- niga aniklik kiritishdi. M. olamning yaxlit manzarasini yaratishga turtki ber- Di. M. har qanday ta’limning, xususan, Didakti-kyning mag’zini tashkil etuvchi metod bo’lib xizmat qildi, falsafaning tushunchalarini boyitdi. Yangi davrga kelib, M. tabiatshunoslikning bag’riga singib ketdi. Bu fanlardagi bilish (gnoseolo- gik) muammolarni tadqiq etishdan borliqning mohiyatini tadqiq etuvchi ontologik muammolarni tahlil etishga- cha M. asosiy falsafiy yo’l-yo’riq bo’lib xizmat qiladi. Ammo u bir tomondan, o’rta asrlardagi diniy sxolastika na- moyandalarining deistik, panteistik tanqidlariga, ikkinchi tomondan, ke- yingi davrlarda skeptisizm, sensualizm, mexanisizm vakillarining shafqatsiz tanqidiga uchraydi. Nemis mumtoz fal- safasi vakillari ham M.ni tadqiqot ob’ekti va predmetiga ega bo’lmagan fan sifatida, dogmatizmda ayblashdi. Gegel M.ni dialektikata qarama-qarshi tu- ruvchi metod deb ta’rifladi. Marksizm klassiklari esa M.ni rivojlanishga qarama-qarshi, antidialektik metod deb tanqid qilishdi. M. tushunchasi O’rta Osiyo mutafak- kirlarining ta’limotida ham o’z ifoda- sini topgan. Ibn Sino ta’rifiga ko’ra, M. borliq to’g’risidagi ta’limotdir. Uning fikricha, M. borliqning 4 turini o’rganadi: 1) jismoniy (moddiy) likka ega bo’lmagan ob’ektlar — ilo-hiy mav- judotlar va Allohni; 2) ilo-hiyligi kamroq bo’lgan, materiyaga qandaydir aloqasi bor ob’ektlar (osmon jismlari, ularni harakatga keltiruvchi kuchlar)ni; 3) ob’ektlarning moddiylik b-n birla- shishini, ba’zi hollarda esa ulardan er- kin holda mavjud (substantsiya, xususiyat, zaruriyat, im-koniyat) bo’lishini; 4) mod- diy ob’ektlar va tushunchalar materiya b-n doimo bog’liklikda bo’lgan jism ta- biatiga ega ekanligini. Hoz. zamonda M. xilma-xil talqin etilishiga qaramasdan, M.ni inson borlig’ining eng umumiy asoslarini o’rganuvchi falsafiy ta’limot deyish mumkin. Shunday qilib, M. voqelikka yondashish, uni o’rganish uslubi, metodi- dir. Voqelikni faqat to’xtovsiz o’zgarish, rivojlanish jarayonida tadqiq etib bo’lmaydi. Shu sababli voqelikning mu- ayyan qirrasi, tomoni, holati, jihatini voqelikdan ajratib o’rganishda, uni mavhumlashtirish, umumlashtirish, IDE- allashtirishda M.ning tadqiqot metodi fanda kerak bo’ladi. Hoz. zamon falsa- fasida ham M.ga ikkiyoqlama munosabat mavjud. M.ni rasionalizm nuqtai na- zaridan yoklovchilar ham, uni mavhum ontologizmni ifodalovchi quruq falsa- fabozlik deb qarovchilar ham topiladi. Umuman olganda, M. olamga yondashish- ning bir falsafiy usulidir. Uni biryo- klama inkor etish ham, mutlaklashtirish ham to’g’ri emas. M. bilish metodi, vo- qelikni anglashda metodologik mo’ljal bo’lishi mumkin. Bu metoddan boshqa metodlar b-n umumiy birlikda foydala- nish maqsadga muvofikdir. Baxtiyor To’raev, Mahbuba Abdumaeva.