Metallash
Metallash — buyum sirtida bir yoki bir necha yupqa metall qatlami (qoplami) hosil qilish. Bunday qoplamning yupqaligi — mikrometrnit bir necha ulushlaridan 40-50 mkm gacha (ba’zan, bir necha millimetrgacha) bo’ladi. M.ning galvanik, diffuzion, vakuum, kimyoviy, gaztermik, ion-plazmaviy, gaz- fazaviy va detonasiya usullari mavjud. Galvanik usulda metall elektrolitik tarzda qoplana Di (q. Elektroliz). Bu usulda deyarli barcha metallar (rux, kad- miy, nikel, xrom, qalayi, temir, kumush, oltin) va ba’zi qotishmalar (Mae., bron- za) ni istalgan elektr o’tkazuvchan Mate- rial sirtiga qoplash mumkin (q. Galva- notexnika). Diffuzion usulda diffuziya hodisasi tufayli buyum sirtida bir yoki bir necha kimyoviy element qatlami hosil qilinadi. Asosan, metall buyumlar, ba’- zan metallmas (mas, grafit) buyumlar uchun qo’llaniladi. Vakuum usul — va- kuumaa buyumlar sirtida himoya qoplami hosil qilish. Buning ham metall va me- tallmas xili bo’ladi. Asosan, katodli purkash, termik va elektron-nur b-n bu- glash usullari va ikkala usul birgaliqda qo’llaniladi. Kimyoviy usulda metallar sirti shu metallarning tuzlari eritma- lari b-n tiklanadi. Gaztermik usulda suyuq metall gaz oqimida metallanadi- gan sirtga purkaladi. Ion-plazmaviy usulda metallar past t-rali tutovchi raz- ryad yoki ey razryad plazmasida purkaladi. Gaz-fazaviy (kimyoviytermik) usulda buyumning qizdirilgan sirtiga metal qatlami o’tqaziladi. Detonasiya usuli detonasiya (portlash) tulkini energiya- sidan foydalanishga asoslanadi. M. bu- Yumlarning sirtlarini mustahkamlash, eyilishga chidamliligi va korroziya- bardoshligi (zanglashga chidamliligi), ni, elektr o’tkazuvchanligini oshirish, ba’zan buyumni ko’rkamlashtirish uchun qo’llaniladi. Elektrotexnika, Radiotex- Nika, optika, raketa texnikasi, avtomo- bilsozlik, kemasozlik, samolyotsozlik va b. tarmoqlarda M.ga ehtiyoj katta.