Metallurgiya

Metallurgiya (Yun. Metallurgeo -erdan qazib chiqaraman) — rudalardan yoki tarkibida metall bo’lgan modda- lardan metallar ajratib olish va me- Tall qotishmalarga tegishli xossalar «berish» haqidagi fan; sanoat tarmog’i. Metalli rudalardan metallarni ajra- tib olish qadimdan ma’lum. Arxeolo- gik qazishmalarning dalolat berishicha, mil. AV. 7-6-asrlardayoq ajdodlarimiz mis olish sirlarini bilishgan. Mil. AV. 2-ming yillikda misning qalay b-n qotishmasi — bronza ishlatila boshla- Di; taxm. shu ming yillik o’rtalaridan temir eritib olish boshlandi. Bunda rudalarni qo’rada 1100— 1350° t-Rada bevosita qizdirib qaytarish usuli (eng oddiy usul) da temir olinardi. Oradan ancha vaqt o’tib (14-a. o’rtalaridan) cho’yan (q. Domna ishlab chiqarishi), keyinroq (15-a.da) po’lat olinadigan bo’ldi. Po’lat o’tga chidamli idish — tigelda olingan. O’rta asrlarda Sharqda o’ziga xos tuzi- lishga ega bo’lgan «naqsh»li «sinmas» po’lat — Damashq po’lati olish sirlarini bilishgan. Undan o’tkir tig’li qurollar (mas, qilich) yasashgan. M.ga oid ma’lu- motlar Abu Rayhon Beruniy asarlarida uchraydi. Keyin birin-ketin Bessemer jarayoni, Marten (q. Marten ishlab chi- karishi) va Tomas jarayoni qo’llanila boshladi. M. fan sifatida asosan 18-a. ikkinchi yarmidan rivojlana boshladi. M.V. Lomonosovaing 1763 y.da yozgan «Metallurgiyaning boshlang’ich asoslari va ruda ishlari» kitobida M. asosla- ri yoritilgan. Rus olimi P. P. Anosov (1799-1851) Damashq po’latini olish- ning ilmiy asosini ishlab chiqdi. D. I. Mendeleev ham M. fani taraqqiyotiga katta hissa qo’shgan. M. quyidagi jarayonlarni o’z ichiga oladi: rudalardan metall ajratib olish maqsadida ularga ishlov berish (ruda- larni maydalash, boyitish, bo’laklash va b.); metallarni begona aralashmalar- dan tozalash (rafinasiyalash); metall va qrtishmalarni olishning gidrometal- lurgiya, pirometallurgiya, shu jum ladan, metallotermiya va elektrolitik (q. Elek- troliz) usullarni tadqiq qilish; metal kukunlar olish va ulardan buyumlar tay- yorlash (q. Kukun metallurgiyasi); metal- larni termik (issiklik b-n) ishlash, bo- sim b-n ishlash, quyish, payvandlash, kav- sharlash, metallar sirtiga ximoya kat- lami surkash (purkash) va b. M.ning muhim sohasi — metallshunoslik. M.ning taraqqiyoti metall va qotishmalarni uzluksiz quyish, ularga vaku-umda ishlov berish, ularni elektr pechlar, elektr-shlakli, elektr-nurli va plazmali qurilmalarda olish, duplek- sjarayon va tripleksjarayon usullari- ni qo’llashni yanada rivojlantirish b-n bog’liq. M. fizikaviy kimyo, fizika, issiqlik texnikasi, elektrotexnika, kibernetika, iqtisodiyot, i.ch.ni avtomatlashtirish va boshqarish, koinotni o’zlashtirish bora- sidagi i.t.larga suyanadi. M. yana konchi- lik sanoati, kimyo sanoati, mashinasoz- lik, o’tga chidamli materiallar ishlab chiqarish tarmog’i va b. tarmoqlar b-n bog’liq (q. Rangli metallurgiya, qora me- tallurgiya). Ad.: Mirboboev V. A., Vasilev G. P., Metallar texnologiyasi, T., 1971. Fatxulla Abdullaev.