Metamorfizm
Metamorfizm (Yun. metamorpho- omai — tubdan o’zgarmoq, o’zgarishga uchramoq) — cho’kindi va magmatik tog’ jinslarining teksturasi, strukturasi va mineral tarkibining t-ra, bosim va chuqurlikdagi eritma (flyuid)larning kimyoviy faolligi ta’sirida o’zgarishi (qayta kristallanishi, mi-neralogik va kimyoviy o’zgarishi) jarayoni. Buning natijasida ular metamorfik tog’jin- slariga aylanadi. M.ningendogen vakos- mogen turlari mavjud. Endogen M. regi- onal va kontaktli M.ga bo’linadi. Regi- onal M. natijasida metamorfik slanes- lar, kvarsitlar va marmar hosil bo’ladi. M.ning bu turiga evolyusion rivojla- nish davomida burmali mintaqalarning geosinklinal vulkanogen, vulkanogen- cho’kindi yotqiziqlari kiradi. Erta (gra- nitlanishgacha) bo’lgan M. va keyingi M. farq qilinadi. Er po’sti chukur zonalari va uning tagidagi mantiya zichligining kamayishini M. b-n bog’laydilar. Kon- takt M. intruziya yoki ekstruziya magmala- rining bevosita yaqinida sodir bo’ladi. Yuqori t-rali sharoitdagi M.da mine- rallar degrada-tsiyaga uchraydi. M.da har vaqt jinsning kimyoviy tarkibi jiddiy o’zgaradi. Kosmogen M. yirik meteorit- lar tushgan vaqtda to’lqin zarbining jinsga ta’siridan qisqa muddat t-ra va bosimning keskin ortishi natijasida sodir bo’ladi.