Metanefridiylar
Metanefridiylar (Yun. Meta -oraliq, keyin, orqali va nefridiy) — umurtqasiz hayvonlar, asosan, halqali chuvalchanglarning metamer joylashgan juft ayirish organi (q. Metameriya). Ek- todermadan yoki mezodermal nefroblast- lardan rivojlanadi. M. naysimon or- ganlar bo’lib, voronkaga o’xshab kengaygan kiprikli qismi (ne-frostom) ikkilam- chi tana bo’shlig’i (tselom)ga, keyingi in- gichkalashgan qismi tananing navbatdagi bo’g’imiga o’tib, teri sirtiga ochiladi. Nefridiy nayi uzun va ilmoqqa o’xshash buralgan bo’lishi mumkin. Nefrostom orqali M. nayiga tselom suyukushgi, ya’ni birlamchi siydik o’tadi. Bu Su-yuklik kipriklar harakati tufayli M. nayiga haydaladi. Reabsorbtsiya tufayli bir- lamchi siydikdan organik moddalar va tuzlar qonga qayta so’riladi va haqiqiy siydik hosil bo’ladi. Dengizlarda hayot kechiradigan stenogalin (sho’rlanish nis- batan doimiy bo’lgan) hayvonlarda M. naychalari nisbatan qisqargan bo’ladi (yana q. Protonefridiylar.).