Meterlink (Maeterlinck) Moris

Meterlink (Maeterlinck) Moris (1862.29.8, Gent — 1949.5.5, Nissa, Frantsiya) — belgiyalik shoir, drama- turg, faylasuf. Absurd teatrning asos- chilaridan biri. Frantsuz tilida ijod qilgan. 1896 y.dan Frantsiyada yashagan. Ijodini ocherknavis, tanqidchi va shoir sifatida boshlagan. Uning ramzli she’- riyatida naturalizmniig sof moddiy qiziqishlariga qarshi norozilik kayfi- yatlari aks etgan. «Issiqxonalar» (1889), «O’n ikki qo’shiq» (1896) kabi she’riy to’plamlari simvolistik ruada. «Malika Malen» (1889), «Ko’rlar» (1890), «Etti Malika» (1891), «Peleas va Melisanda» (1892), «Rohiba Beatrisa» (1900), «Van- na xonim» (1902), «Humo» (ertak-drama, 1905), «ko’k qush» (1908) va b. dramala- ri insonga, uning ochlik, qash-shoklik, urushga qarshi kurashda mu-vaffaqiyatiga ishonch ruhi b-n sug’orilgan. M. «Bo- larilar hayoti» (1901), «gullar akli» (1907), «chumolilar hayoti» (1903) kabi falsafiy asarlarida inson hayotining ma’naviy, axloqiy muammolarini tilga olgan. «Termitlar hayoti» (1926) asarida timsollar vositasida kommunizm va to — talitarizm satira qilingan. M. 2-jahon urushi davrida Amerikada yashagan va «Shodon xotiralar» (1948) kitobini yoz- gan. Nobel mukofoti laureati (1911).