Meyer limoni
Meyer limoni, Xitoy limoni — pakana bo’yli limon navi. M. l. limon b-n apelsin o’rtasidagi tabiiy duragay hisoblanadi. Xitoyda keng tarqalgan. Limon ekiladigan barcha hududlarda uch- raydi. O’zbekistonda himo-yalangan sha- roitlarda issiqxona va transheyalarda o’stiriladigan asosiy nav. Past bo’yli, shox-shabbalari ixcham. Ochiq joyda bo’yi 2,5 -3 m ga boradi. M. l. engil va unumdor tuproqlarda yaxshi usadi. Yil davomida 3-4 o’sish davriga ega. Yil- lik o’sishining 70-80% bahordagi bi- rinchi o’sish davriga to’gri keladi. Bargi uzunchoq, to’q yashil, ters tomoni och yashil. 2-3 yil to’kilmay turadi. Gullari may- da, juft bo’lib barg qo’ltig’ida joylash- gan. Apr.mayda shig’il gullaydi. Mevasi uzun-choq, noksimon, meva yuzasi silliq, bir oz jiloli, vazni 75-80, ba’zan 200 g. Mevasi okt. oxiri — noyab. Oyining boshlarida pisha boshlaydi. Mazasi nordon, xushbo’y. Tarkibida 25-30 mg% askorbin kta, 2,0—4,0% limon kta, 2,5— 3,0% qand mavjud. Sharbati meva umu- miy vaznining 50% ini tashkil qiladi. Noqulay tashqi omillar ta’siriga chi- damli nav. -4°, -5° da barglarini, -8°, -9° da daraxtini sovuq uradi. Bir yil- lik novdalardan qalamchalash yo’li b-n (Fev.mart va avg.-sent.da) ko’paytiriladi. Issiqxonalarda 3×3 sxemada ekiladi. 2-3-yili meva beradi, 6-7-yili to’liq hosilga kiradi. Issiqxona sharoitlari- da har tupidan 200-250 dona, ba’zida daraxtlaridan 500-700 donagacha meva olish mumkin. M. l. O’zbekistonning bar- cha viloyatlarida o’stiriladi (q. Limon).