Mifologiya

Mifologiya (mif… va … logiya) — 1) muayyan xalq tomonidan yaratilgan mi- fologik tasavvurlarning izchil tartib- ga solingan tizimi, asotirlar majmui. Mas, yunon M.si, hind M.si, o’zbek M.si. Insoniyat ma’naviy taraqqiyotining ilk bosqichi sifatida muhim amaliy ahamiyat kasb etgan M. ibtidoiy madani- yatning negizi, olamni idrok etishning asosiy vositasi, badiiy tafakkurning ibtidosi hisoblangan. M.ning asosi- ni kad. odamning koinot, tabiat, inson, samo jismlari, narsa va hodisalarning paydo bo’lishi haqidagi asotirlar tash- kil etadi. M.ning arxaik qatlami quyosh, oy va yulduzlar to’g’risidagi shamsiy, qamariy va astral miflar, olamning paydo bo’lishi haqidagi samoviy mif- lar, odamzotning yaratilishi haqidagi an-tropogenik miflar, qad. e’tiqodiy qarashlarni o’zida ifoda etgan totemi- stik, animistik va kult miflaridan tashkil topgan. Dehqonchilik madaniyati yuksak darajada rivojlangan hududlarda esa tabiiy-ik/shmiy o’zgarishlarning ramziy-metaforik talqinlari asosiga qurilgan taqvimiy (kalendar) mif- lar va ulibtiriluvchi tabiat kultlari haqidagi miflar keng tarqalgan. Xusu- san, Osiris (qad. Misr), Adonis (Fi- nikiya), Dionis (Yunoniston), Siyovush (O’rta Osiyo) haqidagi mifologik Syu- jetlar shu tariqa yuzaga kelgan. O’zining ilk tarak,Qiyot bosqichida eng sodda ib- tidoiy ishonchlardangina iborat bo’lgan M. insoniyat tafakkurining tadrijiy rivoji davomida olam, jamiyat va tabiat haqidagi asotiriy syujetlar, mifik ob- raz va tasavvurlar silsilasini o’z ichiga olgan mukammal tizimga aylangan. Ijtimoiy ongning animizm, Tote- mizm, fetishizm kabi qad. shakllari M. b-n chambarchas bog’liq. Ibtidoiy dunyoka- rash tizimi sifatida shakllangan M. qad. diniy e’tiqodlarning ilk kurtaklari, ajdodlarimizning falsafiy, axlokiy va ijtimoiy qarashlari, olam va odam hayotiga doyr eng sodda ilmiy talqinlar, voqelikni ongsiz-hissiy anglash asosi- ga qurilgan ramziy-metaforik obrazlar, shuningdek, so’z san’-ati, marosimlar ti- zimi va mifologik tafakkurning turli xil shakllarini o’z ichiga kamrab olgan. U kad. odamning borliq olamni idrok etishga doyr tasavvur va qarashlarini o’zida jamlagan izchil tizim sifati- da ibtidoiy mafkuraning etakchi g’oyasi bo’lib xizmat qilgan. M. ibtidoiy in- sonning ilmiy, diniy, falsafiy va ba- diiy karashlarini o’zida mujassamlash- tirgan sinkretik hodisadir. Shu bois M. folklor, yozma adabiyot, san’at va ma’naviy qadriyatlarning shakllanishi uchun ilk zamin vazifasini o’tagan; 2) miflarni tadqiq etuvchi, o’rga- nuvchi fan, mifshunoslik. Mifologik tasavvurlar mohiyatini anglash va ular- ni ilmiy talqin qilishga bo’lgan ilk urinishlar antik davr olimlari to- monidan amalga oshirilgan. Xususan, Platon asotirlarni falsafiyramziy nuqtai nazardan talqin qilgan bo’lsa, yunon faylasufi Evgemer (mil. AV. 3-a.) mifik obrazlarni o’tmishda yashab o’tgan Real tarixiy shaxslarning timsoliy ifodasi deb bilgan. 19-a.ning 1-yarmida Germaniyada «mifologik maktab» yuzaga kelgan. Mifologik maktabning nazariy asoslari nemis filologlari aka-uka ya. va V. Grimmlarning «nemis mifologi- yasi» kitobida bayon kilingan. Ular xalq ertaklarini tax.lil qilish jarayonida qad. mifologik tasavvurlarning epic syujetlar tarkibidagi qoldiklarini aniqlashgan va hindevropa xalqdari M.si yagona negizga borib taqaladi, degan muhim ilmiy xulosaga kelishgan. Ana shu nazariyani rivojlantirgan A. Kun, V. Shvars, V. Mannxardt (Germaniya), M. Breal (Frantsiya), M. Myuller (Angliya), F. I. Buslaev, A. N. Afanasev, O. F. Myuller, A. A. Potebnya (Rossiya) kabi olimlar miflarni qiyosiy tadqiq etish- gan. Keyinchalik jahon mifshu-nosligi- da ko’plab yangi ilmiy yo’nalishlar yuzaga kelgan. Xususan, ingliz qiyosiy etnogra- fiyasining yutuklari asosiga qurilgan «antropologik maktab» (E. Taylor, E. Lang, G. Spenser, J. Freyzer); mif va marosimlarni o’zaro uzviyliqda tadqiq etgan kembrijlik mifshunoslarning «ritualistik maktab»i (D. Xarrison, F. M. Kornford, A. B. Kuk, G. Marri); ibtidoiy madaniyatning ruhiy asosla- rini o’rgangan frantsuz etnologlarining «ijtimoiy maktabi» (E. Dyurkgeym, L. Levi-Bryul); mifologik tafakkur- ning intellektual hodisa sifatidagi o’ziga xosligini yoritib bergan «Simvo- listik maktab» (E. Kassier, V. Vundt, K. G. Yung—Germaniya); «strukturual maktab» (K. Levi-Stross—Frantsiya) va- killarining asarlarida miflar turli nuqtai nazardan taxdil kilingan. O’zbek M.si esa G’. Akramov, B. Sarimsoqov, T. Haydarov, T. Rahmonov (mif va epos), M. Jo’raev, Sh. Turdimov (o’zbek M.sining obrazlar silsilasi va genetik asoslari), Sh. Shomusarov (o’zbek va Arab M.sining qiyosiy tahlili) kabi olimlar tomoni- dan tadqiq etilgan. Ad.:L an g E., Mifologiya, Per. s angl. M., 1901; M e l eti n s k i y E. M., Poeti- ka mifa, M., 1976; Stebl i n — Kamenski y M. I., Mif, L., 1976; Akramov G., Mifo- logiya v O’zbekskom narodnom tvorchestve, AKD, Baku, 1980; Sarimsoqov B., Epik janrlar diffuziyasi // O’zbek folklo- rining epik janrlari, T., 1981;Taylor E., Pervobitnaya kultura, M., 1989; dYa- Konov I. M., Arxaicheskie mifi Vostoka i Zapada, M» 1990; Xuk S. G., Mifologiya Blijnego Vostoka, M., 1991; Sagalaev A. M., Uralo-Altayskaya mifologiya, Novosi- Birsk, 1991; Jo’rae v M., Shomusarov Sh., O’zbek mifologiyasi va Arab folklori, T., 2001. Mamatqul Jo’raev.