Mikoriza

Mikoriza (Yun. mykes va rhiza — ildiz), zamburug’ildiz — zamburug’ miseliysining yuksak o’simliklar il- dizi b-n o’zaro simbiozi (birgaliqda yashashi). Ektotrof (tashqi) va endotrof (ichki) M. bor. Ektotrof M.da zamburug’ yosh ildizlarning ustki to’qimasi uch- lariga o’ralib, po’stloqning tashqi qatlamlaridagi hujayra oralariga kira- Di. Endotrof M.da miseliy hujayralar ichiga kiradi. Ektotrof M. ko’pchilik da- raxtlar (eman, archa, qayin), butalar (tol) va ba’zi o’tlarga xos. Odatda, bunday o’simliklarning yosh ildizlari shoxla- nib, ildizning o’sayotgan qismi zamburug’ b-n qalin qoplanadi va undan tuproq hamda hujayra oraliqlari bo’ylab il- dizning bir yoki bir necha qavat ichkarisi- ga zamburug’miseliysi to’r hosil qilib tarqaladi. Bunda ildiz tukchalari nobud bo’ladi. Ektotrof M.ni, ko’pincha, gime- nomisetlar, ba’zan gasteromisetlar Vu- judga keltiradi. Bitta o’simlik ildizi- da bir nechta zamburug’M. hosil qilishi mumkin. Endotrof M.da ildiz shakli o’zgarmaydi, ildiz tukchalari o’lmaydi va to’r hosil bo’lmaydi; zamburug’miseliy- si ildiz parenximasi hujayrasining ichiga kiradi. M. o’simlikka foydali ta’sir ko’rsatadi: miseliyning rivojlani- shi tufayli ildizning shimadigan yuzasi kattalashib, o’simlikka suv va mineral moddalar ko’proq kiradi. M. hosil qiluvchi zamburug’lari bo’lmagan tuproqqa daraxt ekishdan avval eski o’rmonlar tuprog’idan ozroq solinadi.