Mikrofon

Mikrofon (mikro… va … fon) to- vush tebranishlarini elektr tebranish- larga aylantiradigan elektr akustik asbob. Tovush kuchaytirib uzatish (eshit- tirish) uchun qo’llaniladi. Ko’mirli, elektrodinamikli, kondensatorli, elek- tretli, pezoelektrli; tovush uzatish yo’nalishi jihatdan -yo’naltirilmagan, bir tomonga yo’naltirilgan (kardioid) va ikki tomonga yo’naltirilgan xillari bor. Ko’mirli M.ni birinchi marta rus ixtirochisi M. Maxalskiy (1878) va undan bexabar ravishda P. M. Golubits- kiy (1883) yaratishgan. Kumir yoki metal membrana tovush to’lqinlari ta’sirida tebranib, zichlikni o’zgartiradi, nati- jada piston va membranaga tegib tur- gan kumir kukuni elektr qarshiligini o’zgartiradi. M. orqali o’tayotgan tok kuchi o’zgaradi. Hosil bo’lgan im-pulelanuvchi (telefonga ulangan o’tkazgich orqali ke- layotgan) tok tele-fondagi membranani M.dagi membranaga mos ravishda te- bratadi. Elektrodinamikli M.da yupqa polistirol parda yoki alyuminiydan tayyorlangan diafragma magnit tizim- ning halqasimon tirqishida joylashgan ingichka Simda o’ralgan g’altakka birik- tirilgan. Tovush to’lqinlari ta’sirida diafragma tebranganda g’altak o’ramlari magnit kuch chiziqlarini kesib o’tadi va g’altakda e.yu.k. hosil bo’ladi. Bu e.yu.k. uning qismlarida o’zgaruvchan kuchlanish- ni vujudga keltiradi. Kondensatorli M.da tovush to’lqinlari yupqa metall membranaga ta’sir etib, uning orasidagi masofa- ni o’zgartiradi, natijada membrane b-n elektr kondensator plastinkala- riga o’xshash metall korpus orasidagi elektr sig’imi o’zgaradi. Plastinkalarga o’zgarmas kuchlanish berilganda konden- sator sig’imi o’zgarib, unda tok hosil bo’ladi. Tok kuchi tovush chastotalarining tebranishiga mos ravishda o’zgaradi, na- tijada tovush tebranishlari elektr te- branishlariga aylanadi. Bunday M. to- vushni sifatli yozib olish va qayta eshit- tirish tizimlarida ishlatiladi. Elektretli M. kondensatorli M.ga o’xshaydi. Unda kondensatorning qo’zg’almas platinalari va o’zgarmas kuch- lanish manbai sifatiga elektret plasti-na qo’lllaniladi. Pezoelektrik M.da tovush to’lqinlari pezoelektr xossaga ega bo’lgan modda (mas, segnet tuzi) dan yasal- gan plastinkalarga ta’sir etib, ular- ning sirtida elektr zaryadlari hosil qiladi. Elektromagnitli M.da tovush to’lqinlari po’lat yakorga bikr Ulan- gan membranaga ta’sir etadi; membra- na o’zgarmas magnit tirqishida, yakor sirtiga o’ralgan simlardan iborat g’altak uchlarida e.yu.k. hosil bo’ladi. Pezoelektr va elektromagnitli M.lar radiohavaskorlik qurilmalari va eshit- tirish apparatlarida ishlatiladi. Ste- reofonik radioeshittirish va tovush yozib olish tizimlarida umumiy korpusga zich joilashtirilgan ikkita bir xil M. ishlatiladi. M. telefon aloqada, radio va teleeshittirish, ovozi kuchaytirish hamda tovush yozib olish tizimlarida ish- latiladi.