MIKROIQTISODIYOT
MIKROIQTISODIYOT — inson, oila, korxona (firma) yoki tarmoq darajasidagi iqtisodiyot. Mikroiqtisodiyot makroiqtisodiyot bilan uzviy bog’liq. Mikroiqtisodiyot ishlab chiqarish jarayonida bozor subyektlari o’rtasida bo’ladigan taqsimot, almashuv va moddiy mablag’lar taqsimoti munosabatlarini o’rganadi. Mikroiqtisodiyot ishlab chiqaruvchilar bilan davlat o’rtasidagi munosabatlarni ham o’rganadi. Mikroiqtisodiyotning asosiy bo’limlari: firma va istemol nazariyalari, bozor tarkibi, infratuzilmalar, monopoliya va raqobat muammolari, daromad taqsimoti, davlat va xususiy biznesning o’zaro bog’liqligi, mehnat bozori tahlili, talab va taklif o’rtasidagi nisbat, ish haqi va mehnat unumdorligi hisoblanadi.