MIKROKREDIT

MIKROKREDIT — xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va boshlang’ich sarmoyani shakllantirishga beriladigan kreditlar. Mikrokreditlar: a) yuridik shaxs maqomiga ega bo’lmagan tadbirkorlik faoliyati uchun — eng kam ish haqining 50 barobarigacha; b) mikrofirma va dehqon xo’jaliklariga eng kam ish haqining 100 barobarigacha; v) fermer xo’jaligiga eng kam ish haqining 200 barobarigacha beriladi.