Mikroneziya

Mikroneziya (Micronesia), Mi- kroneziya Federativ Shtatlari (MFSH) (The Federated States Micronesia) — Tinch okeanning g’arbiy qismida, Karolina o.lari arxipelagida joylashgan dav- lat. Mayd. 702 km2. Aholisi 134,6 ming kishi (2001). Ular, asosan, mikronezlar bo’lib, xristian diniga e’tiqod qiladi. Rasmiy til — ingliz tili. Poytaxti — Palakir sh. Ma’muriy jihatdan 4 shtat- ga bo’linadi. Davlat tuzumi. MFSH — AQSh b-n «erkin uyushgan» davlat. Amaldagi kon-stitusiyasi 1979 y. 10 mayda qabul qilingan, keyinchalik o’zgarishlar ki- ritilgan. Davlat va hukumat boshlig’i — prezident (1999 y.dan Leo Folkam). U vise-prezident b-n birga parlament to- monidan 4 y. muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi organi — MFSH Kongres- si (bir palatali parlament). Ijroiya hokimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi. Tabiati. M. orollari kelib chiqishi jihatidan marjon orollariga va vul- Kan otilishidan paydo bo’lgan orollarga bo’linadi. Boksit va fosforit konlari bor. Iqlimi ekvatorial va subekvato- rial iqlim. Oylik o’rtacha t-ra — yanv.da 26°, iyulda 28°. Yog’in yil davomida bir me’yorda (2000-6000 mm) yog’adi. Karoli- na o.lari atrofida kuchli tropik dovul- lar bo’lib turadi. Tabiiy o’simliklari vulkan orollarida doim yashil tropic o’rmon (palma, daraxtsimon qirqquloq, bambuklar), qisman savannalardan ibo- rat. Marjon orollarida o’simlik kam. Jonivorlardan kalamush, ko’rshapalak, timsoh, ilon, kaltakesak, dengiz kushla- ri uchraydi. Tarixn. Hozirgi M. davlatining Xu- dudi 17-19-a.larda Ispaniyaga qarashli bo’lgan. 1889 y.da Germaniya Karolina o.larini Ispaniyadan sotib oldi. 1914 y.da orollarni Yaponiya bosib oldi, 2-jahon urushida AQSh egalladi. 1947 y.dan AQSh tomonidan boshqariladigan BMT vasiyligidagi hududga aylandi. 1978 y.da Karolina o.lari AQSh b-n «er- kin uyushgan» hudud maqomini oldi. Bu haqdagi shartnoma 1982 y.da imzolandi, 1986 y. 3 noyab.da kuchga kirdi va MFShga o’zini o’zi boshqarish huquqini berdi, ammo mudofaa, moliya va tashqi ishlar ma- salalarini AQSh ixtiyorida qoldirdi. M. — 1991 y.dan BMT a’zosi. Milliy bayrami — 3 noyab. — Mustaqillik kuni (1991). Xo’jaligi. Iqtisodiyotining asosi — q.x. bo’lib, uning mahsuloti aholining oziq-ovqatga bo’lgan ehtiyojini qondirmaydi. Mahalliy aholi baliq ovlash, kokos palmasi, banan, tsitrus mevalar, shakarqamish, sholi etishti- rish b-n shug’ullanadi. Non daraxti, ba- tat, Taro ham ekiladi. Chorvachiligida asosan qoramol, echki, cho’chqa boqiladi. Avtomobil yo’llari uz. 226 km. Xori- jiy sayyoxlik rivojlangan. Chetga kopra, hunarmandchilik buyumlari, baliq, kokos yog’i chiqaradi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari — AQSh, Yaponiya. Pul bir- ligi — AQSh dollari. «Neshnl Yuni- on» («Milliy igti-foq», 1980 y.dan), «Chuuk Nyus kronikl» («Chuuk yangili- klari xronikasi», 1983 y.dan) gaz.lari nashr etiladi. MFSH ijtimoiy axborot boshqarmasi hukumat Mahkamasi bo’lib, u mintaqaviy radiost-yaga ega. Har bir shtatda televidenie xizmati mavjud.