Mikroorganizmlar
Mikroorganizmlar — asosan, bir hujayrali mikroskopik tirik mav- judotlarning katta guruhi. M.ga bakteri- yalar, aktinomesitlar, achitqilar, mog’or zamburug’lari, mikroskopik suvo’tlar va b. kiradi. M. prokariotlar (hujayrasida yadro va xromosoma apparati yo’q orga- nizmlar) va eukariotlar (hujayrasida tsitoplazma va membrana b-n ajratilgan yadrosi bor bir yoki ko’p hujayrali orga- nizmlar)ga bo’linadi. M. tabiat (tuproq, suv, o’simlik qoldiqlari va b.)da keng tarqalgan. 1 g tuproq yoki suv osti grun- tida 2-3 mlrd.gacha M. bo’ladi. M.ning o’lchami turlicha bo’lib, ular mikronning o’ndan bir qismidan bir necha mikronga- cha. M.ning fiziologikmorfologik xusu- siyatlari va hayot tsikli har xil. Ko’pgina M. bir hujayrali, ba’zilari, mas, mog’or zamburuglari ko’p xujayrali iplar (mi- TSeliy)ga ega. M., odatda, xlorofillsiz, ammo ba’zilarida bakterioxlorofill va xlorofill bor. Ko’pchiligi bo’linib, ba’zilari kurtaklanib, shuningdek, ko- Nidiya va sporalar hosil qilib ko’payadi. Kasallik qo’zg’atuvchi M. xam mavjud. M. tashqi muhitning har xil omillari ta’- siriga juda chidamli. M. tabiatda mod- dalar aylanishida katta rol o’ynaydi. M. o’simlik va hayvon qoldiqlarini par- chalab, yashil o’simliklar o’zlashtirishi mumkin bo’lgan mineral birikmalar (mas, karbonat angidrid gazi, ammiak va b.)ga aylantiradi. Azot to’plovchi M. va tuganak bakteriyalari molekulyar azot- ni yig’ish xususiyatiga ega. M. fosfor, azot, uglerod, oltin-gugurt, temir va b. ning tabiatda aylanishida ishtirok eta- Di. Bundan tashq-ari, tuprokda ko’payib, so’ng nobud bo’lib, uni organik moddalar- ga boyitadi. M. hayot faoliyati natija- sida tuproq unumdorligi ortadi (yana q. Mikroflora). Abdukarim Zikiryoev.