Mineral resurslar
Mineral resurslar — alohida region (hududlar)da geologik izlanish va razvedka natijasida aniqlangan foydali qazilmalar majmui. M.r. qayta tiklanmaydigan tabiiy resurs- lardir. Ularning o’zlashtirishga tayyor- langan qismi mineral xom ashyo bazasi hisoblanadi. Konchilik va geol.da M.r. deb er ka’rida foydali qazilmalar si- fatida aniqlangan va sanoat ahamiyatiga ega bo’la oladigan boyliklarga aytiladi. M.r. ishlatilishiga qarab turlar- ga ajratiladi: yoqilg’i va energetika (neft, tabiiy gaz, kumir, slaneslar, torf, uran rudalari); kora metallar rudasi (temir, marganes, xrom va b.); rangli va legirlovchi metallar rudasi (alyuminiy, mis, qo’rg’oshin, pyx, nikel, kobalt, volfram, molibden, qalay, sur- ma, simob va b.); noyob va Nodir metallar rudasi; konchilikkimyo sanoati xom ashyo- si (fosforitlar, apatitlar, kaliy va b. tuzlar, oltingugurt va uning birikma- lari, brom va yod tarkibli eritmalar, barit, flyuorit va b.); zebu ziynat buyum- lari yasashga ishlatiladigan qimmatbaho toshlar; noruda sanoat xom ashyosi (slyuda, grafit, asbest, talk, kvars va b.); noruda qurilish materiallari (tsement va shisha sanoati xom ashyosi, marmar, granit, shi- Fer slaneslar, tuf, bazalt, gillar); mineral suvlar (er osti tuzli, chuchuk, minerallashgan, shu jumladan, bal- neologik va termal va b. suvlar). Ba’zi M.r. turlari bir nechta sanoat sohasida qo’llanilishi mumkin. Jamiyatning ehtiyoji, texnika va tex-nologiyalarni rivojlanish darajasiga qarab M.r. tarkibi va miqdori o’zgaruvchan bo’ladi. M.r. mikdori aniqlangan va bashorat qilingan foydali kazilmalar zaxirala- ri b-n baholanadi. O’zbekiston M.r.ga boy. Oltin va b. rangli va Nodir metallar rudasi, neft va tabiiy gaz, kumir, marmar, granit, mineral suvlar va h.k. zaxiralarini sa- noat miqyosida o’zlashtirishi mamlakat ehtiyojini ko’p yillar mobaynida ta’- minlaydi. M.r.ning kayta tiklanmaslik xususiyati ulardan rasi-onal foydala- nishni, qazib olib kayta ishlash jarayon- larida nobudgarchilikni kamaytirishni taqozo etadi.