MINGBULOQ TUMANI
MINGBULOQ TUMANI (1994 y.gacha Zadaryo tumani) — Namangan viloyatidagi tuman. 1952 y. 29 sent. da tashkil etilgan. Sirdaryoning chap sohilida, Markaziy Farg’onaning qo’riq va bo’z erlarida. Shim.dan viloyatning Chust va To’raqurg’on, shim.-sharqdan na- mangan, shim.-g’arbdan Pop tumanlari, Jan.-sharqdan Andijon viloyatining Ulug’nor, Jan. va Jan.-g’arbdan Farg’ona viloyati tumanlari b-n chegaradosh. Mayd. 0,74 ming km2. Aholisi 91,6 ming kishi (2002). Tumanda 1 shaharcha (Jomasho’y), 7 qishloq fuqarolar yig’ini (Bo’ston, Gulbog’, Go’rtepa, Dovduq, Oltinko’l, Mehnatobod, Momoxon) bor. Tuman Mar- kazi Jomashuy shaharchasi. Tabiati. Hududi, asosan, pasttekis- lik, ko’pchilik qismi qo’riq va bo’z er- lar hamda kum barxanlaridan iborat. Iklimi quruq. O’rtacha t-ra iyulda 28°. Yanv.da — 3,5°. Vaqt-vaqti b-n shamol va bo’ronlar bo’lib turadi. Yillik yog’in 150-200 mm. Tuman hududidan sirda- ryo oqib o’tadi. Qo’qonko’l, Qolgandaryo, To’ng’izko’l, Tegirmonko’l kabi ko’llar bor. Go’rtepa qishlog’i yonida mineral buloq ochilgan. Erlari och tus bo’z va sho’rxok botqoq tuproq. Asosiy suv man- Bai — Sirdaryo, Oxunboboev nomli ka- nal (uz. 45 km dan ortiq), bir necha suv o’tkazish tarmoqlari va inshootlari mavjud. Yovvoyi o’simliklardan sakso- vul, tol, qamish, yulg’un, g’o’may, sho’ra va b. o’sadi. Hayvonlardan tulki, chiyabo’ri, bo’ri, quyon, ilon, kaltakesak, echkemar, yumronqoziq, ko’rsichqon, qushlardan chumchuq, musicha, qirg’iy, zarg’aldoq, qarg’a, boyo’g’li va b. bor. Aholisi ning aksari qismi o’zbeklar; rus, kirgiz, koreys, tatar va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholi zichligi 1 km2 ga 123 kishi. Shaxarliklar 11,5 ming kishi, qishloq aholisi 80,1 ming kishi (2002 y.) Xo’jaligi. Tuman xo’jaligi, asosan, q.x.ga ixtisoslashgan. Sanoat, trans- port, aloqa korxonalari bor. Shirkat xo’jaliklari paxtachilik, g’allachilik, bogdorchilik, sabzavotchilik, polizchi- lik, chorvachilik b-n shug’ullanadi. Tu- manda Gulbog’paxta tozalash z-Di, 130 dan ortiq yirik, o’rta va kichik korxona, 550 ga yaqin kichik firma mavjud (2002). Q.x.ning etakchi tarmog’i — paxtachilik. M.t.da 9 shirkat xo’jaligi va fermerlar uyushmasi bor. 2001/2002 o’quv yilida 51 umumiy ta’lim maktabi, 1 qishloq va suv xo’jaligi kolleji, 1 iqtidorli bolalar internati bo’lib, ularda 22 mingdan ziyod o’quvchi ta’lim oldi, shuningdek, 1 lisey mavjud. Madaniyat saroyi, 27 ommaviy kutubxona faoliyat ko’rsatadi. Markaziy kasalxona (400 o’rin), poliklinika, sil kasalliklari dis-panseri (125 urin), yukumli kasalliklar kasalxonasi (65 o’rin), 4 qishloq vrachlik ambulatoriya- si, 5 qishloq vrachlik punkti, 24 fel- dsher-akusherlik punkta aholiga xizmat ko’rsatadi (2002). 1953 y.dan «Istiqbol sari» tuman gazetasi chiqadi (adadi 5100).