Minsk
Minsk — Belorussiya Respublika- sining poytaxti, Minsk viloyati marka- zi. T.y., avtomobil yo’llari tuguni. AE- roport bor. Svisloch daryosining (bere- zina irmog’i) har ikkala sohilida joy- lashgan. Yanv.ning o’rtacha t-rasi -6,9°, iyulniki 17,8°. Yillik yog’in miqdori 646 mm. Aholisi 1719 ming kishi (1998), asosan, beloruslar, shuningdek, rus, ukrain, polyak va b. millat vakillari ham yashaydi. M. birinchi marta 1067 y. yilnomalarida «Menesk» shaklida tilga olingan. 12-a. boshlarida Minsk knyazli- gining ma’muriy markazi, 14-a.da Litva va Polsha qo’l ostiga o’tdi. 1569 y.dan Minsk voevodaligining markazi. 1793 y.da Rossiyaga qo’shib olindi. 1919 y. 1 yanv.dan Belorussiya sho’rolar Respubli- kasi poytaxti. 2jahrn urushi davrida 80% turar joy binolari, barcha f-ka va z-dlar, elektr st-yalar, ilmiy muassasa- lar, teatrlar qattiq shikastlandi, ba’zi- lari yo’q bo’lib ketdi. 1944 y. 3 iyulda M. nemis-fashistlar okkupasi-yasidan ozod qilindi. 2-jahon urushida ko’rsatgan mardligi va qahramonligi va shaharning ozod qilinganligi munosabati b-n M.ga qahramon shahar unvoni berildi (1974 y. 26 iyun). M. 1991 y. dan mustaqil Belo- Russiya Respublikasining poytaxti. Sa- noatining etakchi tarmog’i — mashinasoz- lik va metallsozlik. «MTZ» traktor z-Di, avtomobil «Belavto «maz» i.ch. bir- lashmasi, stanoksozlik, avtomatik lini- yalar, motor, podshipnik, isitish uskuna- lari, elektrotexnika, sovitkich, asbob- sozlik, elektron-hisoblash mashinalari, ressor z-dlari faoliyat ko’rsatadi. Kimyo sanoati (tibbiy Pre-paratlar, lok-bo’yoq z-dlari), mebel qurilish materialla- ri (gips va chinni, kurilish material- lari va yirik blokli qurilish detal- lari k-tlari, uysozlik z-dlari), engil (kamvol va mayin movut k-tlari, ko’n, tikuvchilik, trikotaj f-kalari), oziq- ovqat sanoatlari korxonalari (go’sht, sut, un k-tlari, qandolatpazlik, tamaki f-kalari, non, margarin, pivo z-dlari), poligrafiya k-ti bor. 1984 y.da metropo- liten ishga tushirilgan. M.ni mahalliy Tes va b. elektr st-yalar elektr energiya b-n ta’minlaydi. 13 oliy o’quv yurti, 29 ilmiy tadqiqot in-ti, 7 teatr, 12 muzey, sanatoriylar bor. Me’moriy binolardan hukumat uyi (1930-33), sport saroyi (1966), suv sporti saroyi majmuasi (1965-69) mashhur.