Mioma
Mioma (Mio… va Yunoncha ota — o’sma ma’nosini anglatuvchi qo’shimcha) — muskul to’qimasidan vujudga keladigan xavfsiz o’sma; tarkibida muskul elementlari bor. Silliq muskul to’qimalaridan paydo bo’ladigan leyomioma va ko’ndalangtarg’il muskullardan rivojlanadigan rabdomioma ajratiladi. Asosan, bachadon (fibromioma), me’da, ichak va boshqa a’zolarda uchraydi. Mioma kishini ortiqcha bezovta qilmasligi ham mumkin.