Miosen bo’limi
Miosen bo’limi (epoxasi), miosen (Yunoncha meion — kam va kainos — yangi) — neogen sistemasi tog’jinslari qatlamining quyi bo’limi; yerning geologik tarixida neogen davrining birinchi, juda qadimgi yarmiga mos keladi. To’liq kesmada Miosen bo’limi qatlamlari pastdan Oligosen bilan, yuqoridan pliosen bilan chegaralangan. Miosen bo’limi 1833 yilda Ch. Layel tomonidan ajratilgan.