Mir
Mir (Arabcha Amir). — amirning qisqartirilgan shakli. O’rta Osiyoda murakkab tarkibli so’z bo’laklarida «mutasaddi» ma’nosida keladi (masalan, Mirshikor — ov amiri, mirob — suv amiri, mirshab — tun amiri). Kishi ismlarida Mir (Mirali, Mirmuhammad va boshqalar) «hukmdor»ni anglatadi.