Mirshab

Mirshab-O’rta Osiyo xonliklari shaharlarida jamoat tartibini saqlovchi lavozim bo’lib, odatda shaharning kechki xo’jayini (miri-shab) deb ham yuritilgan. Mirshab asosan o’z ishiga kechqurun soat 6 dan keyin kirishgan, chunki bu davrda shahar bozorlari yopilib, bir soatdan so’ng shahar darvozalari berkitilib, shahar suv quyganday jim-jit bo’lgan. Mana shu davrdan boshlab, hech kim chiqmasligi va shahar ko’chalarida yurmasliklari kerak bo’lgan. Ushbu qoidani buzgan barcha shaxslar mirshablar tomonidan ushlanib, mirshabxonaga keltirilgan. Mirshablar lavozimi Buxoro amirligida 1920 yilgacha mavjud bo’lgan.