Mirzo

Mirzo (taxallusi; asl ismi Muhammadrasul Niyozmuhammad o’g’li, 1840. 1. Xiva — 1922) — shoir, tar- jlmon, xattot, bastakor. Komil Xoraz- miyning o’g’li. Xivadagi Sherg’ozixon ma- drasasida o’qigan. Xiva xoni Muhammad Rahimxon II — Feruz saroyida otasidan so’ng mirzaboshi bo’lgan. M.ning lirik merosi o’zi tuzgan «marg’ub un-nozirin» («Nazar soluvchilarga yoqimli tuhfa») devoniga jamlangan, unda 7650 Miera she’rlar mavjud. Ushbu devon 1907-09 y.larda Xivada toshbosma usulida nashr etilgan. M. tarjimon sifatida Firog’iyning «Ra’no va Zebo», Fuzuliyning «Soqiynoma» (yoki «Haft jom» — «etti qadaq»), Ahmad al-Buniyning «Shams ulmaorif» («maorif kuyoshi»), Mavla- viy Abdulhaqning «Fazoil ul-Qur’-on» («Qur’on fazilatlari») asarlarini, «Tib» kitobidan «Tuhfat ul-mo»minin» («Mo’minlarga tuhfa») asarining bir bobi va «daqoyiq ul-Axbor» («nozik ma’noli xabarlar») asarlarini fors va Arab tillaridan o’zbek tiliga o’girgan. M. nasx va nasta’liq xatlarini ni- hoyatda go’zal yozgan. Laffasiyniit yozi- shicha, M. 500 dan ortiq kishiga xattot- lik hunarini o’rgatgan. M. tanbur, rubob, g’ijjak va childirma chalishda mahorat va iste’dodga ega bo’lgan. U musiqa bo’yicha Feruzning ustozidir. Bastakor sifati- da Xorazm «Shashmaqom»ining «rost» maqomiga «sa’b» va «Ufori» kuylari- ni bastalagan; yarim maqom hisoblangan «Panjgoh» maqomiga bir qancha kuy- larni qo’shib, to’liq bir maqom holiga keltirgan. Xorazm maqom kuylarini Komil Xorazmiy joriy etgan chiziqli notaga ko’chirib, kitob holiga keltir- gan. Madrasalarda Arab va fors tilla- ridan mudarrislik ham qilgan. U o’zi qurdirgan madrasada dafn etilgan. M. devoni, ko’lyozmalari O’zbekiston FA Sharqshunoslik in-ti qo’lyozmalar fondi- da saqlanadi (inv. № 1500, 6947, 1125). Ibrohim Karimov.