Miyoncha
Miyoncha-mehmonlar tomonidan to’yga patnisga solib olib boriladigan shirinlik sovg’a. Asosan nikoh va sunnat to’ylarida rasm bo’lib, faqat bir turdagi shirinlik, masalan, qand, konfet, pashmak, mayiz va boshqalardan iborat bo’lgan. Aksariyat hollarda miyoncha ustiga kiyimlik soyi yoki ip gazlama qo’yiladi. To’yga kelgan mehmonlar oldiga patnisda qo’yiladigan qand-qurs, non, qatlama va boshqalar ham miyoncha deyilgan. To’ylarni o’tkazishda yangi odatlar rasm bo’lishi bilan bu turdagi miyoncha taomildan qolib bormoqda.