Mo’g’uliston

Mo’g’uliston — Chig’atoy ulu- Sitt parchalanishi (1348) natijasida tashkil topgan davlat. Unga Qashqar, Ettisuv o’lkasi va ili vohasi qaragan. Mo’g’ul hukmdorlari va mulkdorlari o’rtasida bosib olingan mamlakatlar- ning xalqlariga 2 xil qarash mavjud bo’lib, ularning bir xili mahalliy zo- dagonlar, savdogarlar b-n yaqinlashish, xunarmandchilik, dehqonchilikni ri- vojlantirish, Islom va musulmon ma- daniyatiga homiylik qilish tarafdori bo’lsa (O’qtoy qoon, Munke qoon, Chig’atoy ulusi hukmdorlaridan Muborakshoh, Baroqxon, Kepakxon va b.), yana bir boshqa guruh o’troqlik va shahar hayotiga tamo- man qarshi bo’lib, ko’chmanchilik an’ana- lariga sodiq edilar. Ular shaharlarni tamoman buzib tashlash (chunki, shaharlar mustahkam qal’alarga tayanib, mo’g’ullarga qarshi kurash markaziga ay- lanib qoladi, deb hisoblardilar), ekin- zorlar va bog’rog’larni o’tlovlarga ay- lantirish tarafdorlari (Xaydu, durra Temur, Buzan va b.) edilar. Chig’atoy xonlaridan Muborakshoh va Baroqxon qo’l ostidagi qabilalar b-n Ettisuvdan Movarounnahrga ko’chib keladilar. Muborakshoh Ohangaron vohasiga, Baroqxon esa Chag’oniyonga ke- lib o’rnashadi. Bu hol Chig’atoy ulusining ikkiga bo’linib ketishiga sabab bo’ldi. Shu vaqtdan boshlab, ulusning Sharqiy va shim.-Sharqiy qismida qolgan turk va mo’g’ul qabilalari o’zlarini mo’g’ullar, mamlakatni esa M. deb atay boshladilar. Movarounnahrga ko’chib ketgan qabilalar esa chig’atoylar nomi b-n mashhur bo’ldi. Mo’g’ullar Movaro-unnahrga ko’chib ket- gan qabilalarni Qoraunas (duragay), ular esa mo’g’ullarni jete (qaroqchi, talonchi) deb atardilar. 1348 y.da Chig’atoy naslidan bo’lgan Tug’luq Te- Mur M. xoni qilib ko’tarildi. Tug’luq Temur vafotidan (1363) so’ng, Amir Qamariddin hokimiyatni qo’lga oldi. Qamariddinning hukmronlik yillarida M.ga Chig’atoy ulusining g’arbiy qismida o’z hukmronligini o’rnatgan Amir Temur 7 marta (1371, 1375, 1376, 1377, 1383, 1388, 1389) qo’shin tortgan. Qamariddin Temur qo’shinlarining ta’qibi ostida bir qism navkari b-n shim.ga qochib ket- Di. Taxtga Xizrxo’ja o’tirdi. Xizr-Xo’ja Temurning Eron va Iroq yurishlarida band bo’lganligidan foydalanib, M.da tartib o’rnatish va Markaziy hukumatni mustaqkamlashga muvaf-FAQ bo’ldi, key- inchalik (1397) u b-n qarindosh bo’lib (Temurga qizi tuman og’ani bergan), o’z mamlakatining mustaqilligini saqlab qoldi. Xizrxo’ja vafotidan so’ng uning o’g’li sham’i jaqon hokimiyatni qo’lga oldi (1399). 1408 y. Sham’i Jahon vafot etgach, taxtga ukasi Muhammadxon ko’tarildi. Muhammadxon davrida Movarounnahr qo’shinlari Qashqarni egallaganlar (1416). Muhammadxondan keyin taxt- ga o’tirgan sham’i jahonning o’g’li Naqshi Jahon Xitoy va Temuriylar saltanati o’rtasidagi o’zaro munosabat- larni yaxshilash yo’li b-n M. birligini saqlab qolmoqchi bo’ldi. Lekin, u 1418 y. boshlarida Sheralining o’g’li Vays- xon tomonidan o’ldirildi. Vaysxon hukmronligi yillarida mulkdorlar orasida kurash yanada kuchaydi. Mulk- dorlarning bir guruhi Vaysxon, yana bir guruhi Muhammadxonning o’g’li Shermuhammadxon atrofida uyushgan edi. Bu kurashda Vaysxon va uning taraf- dorlarining qo’li baland keldi. Sher- Muxammadxon Samarqandga qochib ketdi va 1421 y. Uning yordami b-nhokimiyatni Vaysxondan tortib oldi. Lekin ora- dan 3-4 y. o’tgach, u Ulug’bek hukumatiga bo’ysunmay qo’ydi. Natijada 1425 y. Ulug’bek katta qo’shin b-n M.ga yurish qilib, hokimiyatni Vaysxonga topshirdi. Ana shu yili Qashqar M.dan ajratilib, Samarqandga bo’ysundirildi. Vaysxon vafotidan so’ng uning 2 o’g’li: Yunusxon va Esonbuqo o’rtasidagi tojtaxt uchun kurashda Esonbuqo g’olib chiqdi. Yunus- xon Samarqandga qochib ketdi. Esonbuqo M.dagi tarqoqlikka barham berdi, uning chegaralarini mustahkamladi. Esonbuqo vafot etgach, Yunusxon temuriy Abu sa- ‘id yordami b-n taxtga o’tirdi. Abu Sa’id vafotidan so’ng, Temuriylar saltanatida boshlanib ketgan ichki nizolardan foy- dalanib, hatto Movarounnahrning ichki ishlariga ham aralashib turdi va Andi- jon hokimi Umarshayx Mirzoni (Bobur- ning otasi) kuyov qilib Sayram, Toshkent va O’sh viloyatini o’ziga bo’ysundirib oldi. Yunusxon vafotidan so’ng, xon qilib ko’tarilgan Sulton Mahmudxon faqat nomigagina M.ning oliy hukmdori hisoblanardi. Aslida esa bu vaqtda mam- lakat maydamayda qismlarga bo’linib ketgan edi. Mac: Oqsuv, Qorashahar vaTurfonda Sulton Ahmadxon, Chu va Qo’ziboshida qozoq sultonlari, Ettisuv- da Muhammad qirg’iz mustaqil hukmdor edilar. M. xonlari: Tug’luqTemur (1348-63), Qamariddin (1363-90), Xizrxo’ja (1390-99), Sham’i Jahon (1399— 1408), Muqammadxon (1408— 16), na-qshi jaqon (1416-18), Vaysxon (1418-21, 1425-28), Shermuhammadxon (1421-25), Esonbuqo (1428-62), Yunusxon (1462 — 87), Mahmudxon (1487-1508), Sayidxon (1504-32).