Mohenjo-daro

Mohenjo-daro (Sindxi tilida — o’liklar tepaligi) — Xarappa mada- ni-yati (Pokiston)ning asosiy markaz- laridan birining xarobasi (mil. AV. 3— 2-ming yilliklar). Sindning marka- ziy shaxri. 1922 y.da hind arxeologi R. Ba-nerji ochgan. Keyinchalik ingliz ar- xeologlari J. Marshall, E. Makkey va R. Uiller tomonidan tekshirilgan. M.-D. yirik hunarmandchilik va savdo markazi bo’lgan, metall va toshga ishlov berish, kulolchilik taraqqiy etgan. Unda umumshahar kanalizasiyasi va suv ta’- minoti tizimi bo’lgan. Uylari pishiq g’ishtdan 2-3 qavat qilib qurilgan. Qazishlar M.-D. Qad. Hindiston, Misr, Mesopotamiya b-n bir qatorda qad. mada- niyat o’chog’i bo’lganligini tasdiqlaydi. M.-D.ni o’rganish asosida Xarappa mada- niyatining asosiy bosqichlari va uning xarakterli belgilari aniqlandi. Ad.: Makkey E., Drevneyshaya kultura dolini inda, Per. s angl., M., 1951